O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi sezilarli darajada ortmoqda

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi sezilarli darajada ortmoqda

Grafik №1

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2025 yilning sentyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 16,2 foizga ortib, 1162 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridagi operatsiyalar soni bo‘yicha komponent 2,3foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 38 foizga ortgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 1,3 foizga kamaygan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 13,8 foizga ortgan.

Hududlar kesimida Andijon viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2025 yil sentyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan. Jumladan, Andijon (44,6 %), Xorazm (42,9 %), Jizzax (41,8 %) va Toshkent viloyatlarida (41,3 %) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (grafik №2).

Grafik №2

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2025 yil sentyabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 6 184,6 ming tani tashkil etdi va 2025 yilning avgust oyiga nisbatan 139,5 ming tranzaksiyaga (2,3%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 9 ta hududda ortgan.

2025 yil sentyabr oyida respublikaning 9 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, Andijon (19,7 %), Xorazm (9,4 %), Navoiy (4,7 %) va Samarqand (2,6%) viloyatida o‘sish kuzatilgan.

Bu ko‘rsatkich, Sirdaryo (-15,6 %), Surxondaryo (-9,2 %) va Qashqadaryo (2,1%) viloyatlarida sezilarli kamaygan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2025 yilning sentyabr oyida IFIning birja komponenti 1,3803 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 38 foizga ortganini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 8,0 foizga va tuzilgan bitimlar soni 68,1 foizga ortganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2025 yil sentyabr oyida 6 563,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 1,1 foizga kamaygan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’YeKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2025 yil sentyabr oyida 0,9873 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 1,3 foizga kamaygan. Bunda:

2025 yil sentyabr oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga (490 622 birlik) nisbatan 8 413 birlikka kamayib, 482 209 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni esa 12 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 395 603 tadan 390 315 taga kamaygan (-5288 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 91 025 tadan 87 888 tagacha (-3137 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 4 006 tani tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 12 taga ortgan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2025 yil sentyabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 1,1382 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 13,8 foizga ortgan. 2025 yilning sentyabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 453 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1162

↑1,0231

↑1,3803

↓0,9873

↑1,1382

Andijon viloyati

↑1446

↑1,1968

↑1,9504

↓0,9845

↑1,0000

Xorazm viloyati

↑1429

↑1,0943

↑2,0000

↓0,9905

↓0,9231

Jizzax viloyati

↑1418

↑1,0071

↑2,0000

↓0,9799

↑1,6667

Toshkent viloyati

↑1413

↑1,0081

↑2,0000

↓0,9922

↑1,3846

Samarqand viloyati

↑1406

↑1,0261

↑2,0000

↓0,9771

↑1,0606

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1401

↓0,9872

↑2,0000

↑1,0069

↑1,1429

Namangan viloyati

↑1399

↑1,0215

↑2,0000

↓0,9943

↓0,7500

Farg‘ona viloyati

↑1389

↑1,0009

↑2,0000

↓0,9812

↓0,7500

Buxoro viloyati

↑1381

↓0,9816

↑2,0000

↓0,9975

↓0,6000

Surxondaryo viloyati

↑1362

↓0,9078

↑2,0000

↓0,9746

↑1,0000

Sirdaryo viloyati

↑1325

↓0,8444

↑2,0000

↓0,9740

↓0,5000

Qashqadaryo viloyati

↑1254

↓0,9792

↑1,7304

↓0,9770

↓0,1333

Toshkent shahri

↑1175

↑1,0156

↑1,3941

↑1,0044

↑1,3744

Navoiy viloyati

↑1110

↑1,0474

↑1,2379

↓0,9934

↑1,0000

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1185

↑1,1026

↑1,3764

↑1,0079

↓0,8813

Andijon viloyati

↑1499

↑1,7594

↑1,5757

↓0,9540

↑1,4444

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1466

↑1,0897

↑2,0000

↑1,0197

↑2,0000

Sirdaryo viloyati

↑1459

↑1,1256

↑2,0000

↑1,0129

↑1,4000

Qashqadaryo viloyati

↑1448

↑1,1873

↑2,0000

↓0,9890

↓0,5000

Samarqand viloyati

↑1439

↑1,0989

↑2,0000

↓0,9987

↑1,1667

Namangan viloyati

↑1410

↑1,0685

↑2,0000

↓0,9930

↓0,6000

Toshkent viloyati

↑1406

↑1,0276

↑1,9440

↓1,0608

↑1,1739

Navoiy viloyati

↑1195

↑1,0668

↑1,4445

↓0,9258

↑1,3333

Jizzax viloyati

↑1127

↑1,0197

↑1,3373

↓0,9928

↓0,5556

Buxoro viloyati

↑1122

↑1,1595

↑1,2372

↓0,9184

↓0,6429

Toshkent shahri

↑1095

↑1,0827

↑1,1269

↑1,0957

↓0,8097

Farg‘ona viloyati

↑1086

↓0,8861

↑1,3375

↓0,9564

↑1,0000

Xorazm viloyati

↑1065

↑1,0382

↑1,1681

↓0,9573

↓0,8000

Surxondaryo viloyati

↓966

↓0,9534

↑1,0029

↓0,9158

↑1,0000

Islombek Saparmatov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar