Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va JVI hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va JVI hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar

2023 yil 22 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) xodimlar malakasini oshirish markazi rahbari, Vena hamkorlik instituti (JVI) direktori Ervye Joli tashrif buyurdi.

JVI 1992 yilda Avstriya hukumat idoralari (Moliya vazirligi va Avstriya Milliy banki), XVJ va boshqa bir qator xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil yetilgan. XVJ mintaqaviy o‘quv markazi asosan Markaziy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan davlat xizmatchilari uchun mo‘ljallangan.

JVI makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va boshqarish bo‘yicha kurslar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlarni taklif etadi; pul-kredit siyosati va valyuta kurslari tizimi; moliya sektori barqarorligi; qarzlarning barqarorligi va boshqaruvi; soliq siyosati va daromadlarni boshqarish; xarajatlarni boshqarish; moliya institutlari va davlat boshqaruvi; qonunchilik bazasi; makroiqtisodiy va moliyaviy statistika va boshqa ixtisoslashgan mavzular.

Markaz direktori Obid Xakimov Vena hamkorlik institutining (JVI) o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, xodimlar malakasini muntazam oshirib borish va ularning ishtiroki qamrovini kengaytirish borasidagi ko‘magini yuqori baholadi.

Hozirda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xodimlari Vena hamkorlik institutida tashkil etilayotgan 10 dan ortiq o‘quv kurslari, 25 ga yaqin onlayn kurslarida bilimlarini oshirmoqda. Shuningdek, 2023 yil sentyabr oyida O‘zbekistonda o‘tkaziladigan “Moliyaviy dasturlash va siyosat” (FPP) mavzusidagi o‘quv kursida Markaz xodimlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Erve Joli tashrifi davomida, Markaz xodimlari uchun Vena Institutining barcha onlayn o‘quv kurslarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish hamda Institutning boy axborot resurs bazalaridan erkin foydalanish imkoniyatlari taqdim etilishini ma’lum qildi.

XVJ kurslari makroiqtisodiy va moliyaviy sektorlarni boshqarish bo‘yicha keng ma’lumot beradi va ularning ba’zilari esa alohida mavzularga qaratilgan.

Barcha kurslar Avstriya va boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribasiga asoslangan bo‘lib, ko‘plab amaliyotchilarni, shu jumladan o‘zaro ta’limning muhim tarkibiy qismini o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Olmatadagi (Qozog‘iston) XVJning Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘iliston hududiy salohiyatni rivojlantirish markazining (CCAMTAC) bilan hamkorlikda iqtisodiy siyosatni yuritish va modellashtirish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida Erve Joli Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xodimlariga barcha JVI onlayn kurslarida bevosita ishtirok etish va institutning boy axborot-resurs bazalaridan erkin foydalanish imkoniyati berilishini aytdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Vena hamkorlik institutining o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, xodimlar malakasini muntazam oshirib borish, Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDG) erishishda yordam bergani, shuningdek, iqtisodiyot, moliya, xalqaro savdo-sotiq, modellashtirish va soliqqa oid o‘quv kurslarida ishtirokini muntazam ta’minlash yo‘lida hamkorlik va ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirildi.

Shu bilan birga kelgusida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi vazifa va yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda Moliyaviy bozorlar (Financial markets), energiya samaradorligi (Energy efficiency), Mehnat unumdorligi (Labour productivity), Qishloq xo‘jaligida yer, suv, kapital unumdorligi (Water, land, capital productivity in agriculture) yo‘nalishlari O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun eng dolzarb yo‘nalishlar ekanligi ta’kidlandi. Hamda o‘quv kurslarida mazkur mavzularni kiritish bo‘yicha takliflar berildi.

Shuningdek tomonlar keyinchalik o‘quv kurslariga ilmiy xodimlarni o‘qitishni oldindan rejalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishishdi va ustuvorligi yuqori bo‘lgan kurslar ro‘yxatini shakllantirishga kelishildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar