Ayni vaqtda Toshkent shahrida Davlat tashqi qarzining joriy holati dinamikasiga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda. Unda tashqi qarz hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirishni amalga oshirish ustidan monitoring o‘rnatish hamda loyihalar natijadorligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida ma’lumotlar taqdim qilinmoqda.
Bugungi muloqotda O‘zbekiston davlat tashqi qarzi va uning qanchalik maqsadli sarflanayotgani haqida mutasaddilar, anjuman ishtirokchilari jamoatchilikka axborot berib borishmoqda.
Ochiq muloqotda davlat tashqi qarzining joriy holati, dinamikasi va strukturasi, uning hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni tanlab olish va amalga oshirish ustidan monitoring qilish borasidagi axborotlar berib boriladi.
Moliya vazirligining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i (davlat qarzi) 23,3 mlrd. dollar ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 40,4 foizni tashkil etdi.
Dunyo ekspertlarining fikricha, muvaffaqiyatli rivojlanish uchun davlat qarzi YaIMning 60 foizidan oshmasligi kerak, bu normal holat hisoblanadi.
Mutaxassislar keng jamaotchilikka axborot berishni boshlashdi.
Bizni kuzatishda davom eting, muloqotni yoritib boramiz
Izoh qoldirish