Eng ko‘p o‘rnatilgan bankomatlar qaysi banklarga tegishli?

Eng ko‘p o‘rnatilgan bankomatlar qaysi banklarga tegishli?

Tijorat banklari tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar soni (Humo va Uzcard birgalikda) 2020 yil 1 noyabr holatiga 6276 tani tashkil qilgan, deb yozmoqda “Bank va Mijoz” kanali.

Humo to‘lov tizimining saytida o‘rnatilgan bankomatlar soni 2800 dan ortiq deb ko‘rsatilgan. Uzcard tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar soni ham 3400 dan oshganligini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, banklar tomonidan eng ko‘p bankomat — Agrobank tomonidan 1423 ta o‘rnatilgan.

Quyida eng ko‘p bankomat o‘rnatgan banklar o‘nligi:

  1. Agro bank – 1423 ta;
  2. Xalq banki – 906 ta;
  3. Ipoteka-bank – 492 ta;
  4. Kapitalbank –480 ta;
  5. Sanoatqurilishbank – 308 ta;
  6. Hamkor bank – 295 ta;
  7. Milliy bank – 282 ta;
  8. Ipak yo‘li banki – 248 ta;
  9. Aziya Alyans bank –229 ta;
  10. Turon bank – 226 ta.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar