Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya ikki kunlik uzluksiz muzokaralardan so‘ng «Shimoliy Irlandiya bo‘yicha qo‘shimcha protokol va Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqib ketish to‘g‘risidagi kelishuvni to‘ldiradigan siyosiy deklaratsiya to‘g‘risida» kelishuvga erishdi. Bu haqda Yevropa komissiyasi rahbari Jan-Klod Yunker Payshanba kuni o‘zining Twitter sahifasida yozdi.
Yevropa komissiyasi rahbari Jan-Klod Yunker Yevropa Ittifoqi sammitida ushbu bitimni ma’qullashini bildirdi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ushbu bitimni «ajoyib kelishuv» deb atadi.
Bitimni muvofiqlashtirish to‘g‘risida qaror Yevropa Ittifoqining 17-18 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitida, keyin esa 19 oktyabrda Palatalar majlisida qabul qilinishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish