GM Thailand kompaniyasi O‘zbekistonga Chevrolet Trailblaze avtomobillarini birinchi partiyasini yubordi. Ushbu “yo‘ltanlamas”lar yaqin oylarda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
“Biz, Trailblazer avtomobillari O‘zbekiston kabi yo‘l sharoitlari kuchli va ishonchli, shu bilan bir qatorda ishonchli mashinalarni talab qiladigan bozorda muvaffaqiyatga erishadi deb o‘ylaymiz. Bundan tashqari, ushbu avtomobillar, GMning O‘zbekiston bozoridagi hukmronlik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi,” - deydi GMning Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha prezidenti Gektor Vilyarreal.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda GMning “O‘rnatilgan sifat darajasi 4” sertifikatini olgan GM Thailand kompaniyasidan o‘zbekistonliklar jahon standartlaridagi avtomobillarni olishadi.
O‘zbekistonga har yili 1000 dona Chevrolet Trailblaze avtomobillari yetkazib berilishi kutilmoqda. Ushbu avtomobilning Janubiy-Sharqiy Osiyo bozorlaridagi narxi, komplektlar bilan ta’minlanganiga qarab 32 ming AQSh dollaridan boshlanadi.
Hozircha O‘zbekistonda qanday narxda sotilishi noma’lum.
Izoh qoldirish