Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2025 yil yanvar oyida 1084 birlikni tashkil etib, 2024 yil dekabr oyiga nisbatan 8,4 foizga (grafik №1) hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,6 foizga sezilarli oshgan.
Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.
2025 yilning yanvar oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 8,4 foizga oshib, 1084 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 10,9foizga kamaygan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 33,3 foizga ortgan;
- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 1,1foizga oshgan;
- tovar belgilari bo‘yicha komponent 45,0foizga kamaygan.
Hududlar kesimida Surxondaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.
2025 yil yanvar oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 11 ta hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sish kuzatilgan. Jumladan, Surxondaryo (31,9 %), Jizzax (31,0 %), Xorazm (30,9 %), Samarqand (29,9 %) va Qashqadaryo (28,2 %) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (grafik №2).
Shu bilan birga, ushbu indeks qolgan 3 ta hududda kamaygan bo‘lib, bunda Namangan (4,7 %), Navoiy (3,7 %), va Andijon (3,4 %) viloyatlarida kamayish kuzatilgan.
Grafik №2
BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR
2025 yil yanvar oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 677,4 ming tani tashkil etdi va 2024 yilning dekabr oyiga nisbatan 692,8 ming tranzaksiyaga (10,9 %) kamaygan.
Banklararo to‘lov operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan barcha hududda kamaygan.
2025 yil yanvar oyida respublikaning 14 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan kamaygan. Xususan, Qashqadaryo (33,4 %), Samarqand (29,0 %), Namangan (23,8 %), Surxondaryo (23,7 %) va Sirdaryo (23,2 %) viloyatlarida sezilarli kamayish kuzatilgan.
TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK
2025 yilning yanvar oyida IFIning birja komponenti 1,3334 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 33,3 foizga oshganini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 3,8 foizga va tuzilgan bitimlar soni 62,8 foizga oshganligi bilan izohlanadi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2025 yil yanvar oyida 6 174,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 1,7 foizga kamaygan.
XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2025 yil yanvar oyida 1,0111 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 1,1 foizga ortgan. Bundan tashqari ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,4 foizga kamaygan.
2025 yil yanvar oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga (453 545 birlik) nisbatan 5 559 birlikka ortib, 459 104 birlikni tashkil etgan.
Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 35 taga oshgan.
Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 358 116 tadan 363 628 taga ortgan (o‘sish 5 512 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 91 752 tadan 91 764 tagacha (12 ta) oshgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 712 tani tashkil etib, 2024 yilning dekabr oyiga nisbatan 35 taga oshgan.
BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh
2025 yil yanvar oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 0,5504 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning dekabr oyiga nisbatan 45 foizga kamaygan. 2025 yilning yanvar oyida yuridik shaxslar tomonidan 284 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
O‘zbekiston Respublikasi | ↑1084 | ↓0,8912 | ↑1,3334 | ↑1,0111 | ↓0,5504 |
Surxondaryo viloyati | ↑1319 | ↓0,7629 | ↑2,0000 | ↑1,0094 | ↑1,0000 |
Jizzax viloyati | ↑1310 | ↓0,7955 | ↑2,0000 | ↑1,0228 | ↓0,2222 |
Xorazm viloyati | ↑1309 | ↓0,7842 | ↑2,0000 | ↑1,0153 | ↓0,3846 |
Samarqand viloyati | ↑1299 | ↓0,7103 | ↑2,0000 | ↑1,0137 | ↓0,9130 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1282 | ↓0,6658 | ↑2,0000 | ↑1,0072 | ↓0,9000 |
Buxoro viloyati | ↑1251 | ↓0,8229 | ↑1,8126 | ↑1,0025 | ↓0,5833 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1227 | ↓0,7939 | ↑1,7660 | ↑1,0218 | ↓0,6000 |
Sirdaryo viloyati | ↑1216 | ↓0,7675 | ↑1,7049 | ↑1,0017 | ↑1,5000 |
Farg‘ona viloyati | ↑1193 | ↓0,8257 | ↑1,6624 | ↑1,0159 | ↓0,5200 |
Toshkent shahri | ↑1049 | ↓0,9205 | ↑1,2178 | ↑1,0108 | ↓0,5607 |
Toshkent viloyati | ↑1013 | ↓0,8203 | ↑1,2300 | ↑1,0103 | ↓0,3750 |
Andijon viloyati | ↓966 | ↓0,8417 | ↑1,0915 | ↑1,0115 | ↓0,4000 |
Navoiy viloyati | ↓963 | ↓0,7915 | ↑1,1231 | ↑1,0099 | ↓0,5000 |
Namangan viloyati | ↓953 | ↓0,7625 | ↑1,1238 | ↑1,0176 | ↓0,4167 |
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
O‘zbekiston Respublikasi | ↑1186 | ↓0,9332 | ↑1,5148 | ↓0,9259 | ↑1,6512 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1431 | ↓0,8616 | ↑2,0000 | ↓0,8833 | ↑4,5000 |
Samarqand viloyati | ↑1418 | ↓0,8801 | ↑2,0000 | ↓0,9329 | ↑3,5000 |
Buxoro viloyati | ↑1323 | ↑1,0698 | ↑1,7738 | ↓0,8952 | ↑1,4000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1302 | ↓0,7703 | ↑2,0000 | ↓0,9218 | ↑1,0000 |
Andijon viloyati | ↑1300 | ↑1,1332 | ↑1,6877 | ↓0,9023 | ↑1,0000 |
Navoiy viloyati | ↑1281 | ↓0,9329 | ↑1,7534 | ↓0,8776 | ↑2,0000 |
Toshkent shahri | ↑1252 | ↓0,9321 | ↑1,2984 | ↑1,6501 | ↑1,4400 |
Jizzax viloyati | ↑1216 | ↓0,7856 | ↑1,7112 | ↓0,8933 | ↑2,0000 |
Sirdaryo viloyati | ↑1185 | ↓0,7543 | ↑1,6715 | ↓0,8745 | ↑2,0000 |
Toshkent viloyati | ↑1159 | ↓0,8555 | ↑1,4549 | ↓0,9455 | ↑2,3333 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1136 | ↑1,0751 | ↑1,2088 | ↓0,8482 | ↑3,0000 |
Farg‘ona viloyati | ↑1115 | ↓0,8924 | ↑1,3676 | ↓0,8672 | ↑2,1667 |
Namangan viloyati | ↑1084 | ↓0,9203 | ↑1,2641 | ↓0,9368 | ↑1,6667 |
Xorazm viloyati | ↑1033 | ↓0,9697 | ↑1,1058 | ↓0,9157 | ↑1,6667 |
Islombek Saparmatov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish