Infografika: O‘zbekistonning 2021 yil yanvar-dekabr oyi uchun tashqi savdosi

Infografika: O‘zbekistonning 2021 yil yanvar-dekabr oyi uchun tashqi savdosi

2021 yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2020 yilga nisbatan 5,8 mlrd.dollarga yoki 16%ga ko‘paydi va 42,1 mlrd dollarni tashkil etdi, deya xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.

Eksport hajmi 10%ga ko‘payib, 16,611 mlrd.dollarga yetdi. Import hajmi esa 20,4%ga ko‘paydi va 25,461 mlrd.dollarni tashkil qildi.

2021 yilda O‘zbekistondan eksportning asosiy qismini sanoat tovarlari (umumiy eksportning 26,1%), oltin (24,7%), xizmatlar (15,3%) va oziq-ovqat tovarlari (8,3%) tashkil etdi.

O‘tgan yil davomida O‘zbekistonga importning asosiy qismini mashinalar va asbob-uskunalar importi (32,4%, 2020 yilga qaraganda 5,2%ga kamroq), sanoat tovarlari (18,5%), kimyoviy vositalar (14,3%), oziq-ovqat tovarlari (9,9%) va xizmatlar (6,8%) tashkil etdi.

O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlari orasida Rossiya (umumiy savdo aylanmasining 17,9%), Xitoy (17,7%), Qozog‘iston (9,3%), Turkiya (8,1%) va Janubiy Koreya (4,5%) davlatlari qolmoqda.

O‘zbekistonning Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi yil davomida 32,8%ga o‘sib, 7,517 mlrd.dollarni, Xitoy bilan – 7,44 mlrd.dollarga (+15,5%) yetdi.

Qozog‘iston Respublikaning yetakchi tashqi savdo hamkorlari uchligida qolmoqda – 3,9 mlrd.dollar (+30%).


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar