Ish haqidan ipoteka krediti uchun to‘lansa, daromad solig‘i ushlanadimi yoki imtiyoz beriladimi?

Ish haqidan ipoteka krediti uchun to‘lansa, daromad solig‘i ushlanadimi yoki imtiyoz beriladimi?

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 378-moddasi 16-bandiga ko‘ra,

Quyidagi daromad turlariga soliq solinmaydi:

16) soliq to‘lovchining quyidagilarga yo‘naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlari:

- olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami o‘n besh million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda qoplashga, basharti yakka tartibdagi uy-joyning yoki ko‘p qavatli uydagi xonadonning qiymati uch yuz million so‘mdan oshmasa, hamda u dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun byudjetdan ajratilgan subsidiyalarni hisobga olgan holda olingan bo‘lsa.

Mazkur imtiyoz qarz oluvchiga va birga qarz oluvchilarga, imtiyoz olish huquqiga ega bo‘lgan barcha soliq to‘lovchilarga berilgan, soliq solinishi lozim bo‘lgan daromadlarni kamaytirish summasi soliq davri davomida jami o‘n besh million so‘mdan oshmagan taqdirda, tatbiq etiladi.

Demak,
▪️Uy-joy qiymati 300 mln. so‘mgacha bo‘lsa;
▪️Yil davomida eng ko‘pi 15 mln. so‘m yo‘naltirilsa;
▪️Subsidiya olingan bo‘lsa imtiyoz olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 2020 yilda tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, hududlar kesimida hisoblaganda bunday kreditlarning eng ko‘p miqdori Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar