2018-2020 yillar va 2021 yilning I yarmida tijorat banklarida tadbirkorlik sub’yektlariga xorijiy kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan 7,4 mlrd. doll.dan ortiq kredit ajratildi.
Xususan, 2018 yilda 1,3 mlrd. dollari, 2019 yilda 2,1 mlrd. doll. (yoki 2018 yilga nisbatan 162%), 2020 yilda 2,9 mlrd. doll. (yoki 2019 yilga nisbatan 172%), 2021 yilning I yarmida 1,0 mlrd. doll. miqdorida kreditlar ajratildi. Shu davrda davlat kafolati ostida jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari hisobidan ajratilgan kreditlar 1,8 mlrd. doll.ni yoki jami ajratilgan kreditlarning 24 foizini tashkil etdi.
2018-2020 yillarda davlat kafolati bilan jalb qilingan kredit liniyalari hisobidan deyarli bir xil darajada, yiliga o‘rtacha 540 mln. doll. (2018 yilda 579 mln. doll., 2019 yilda 564 mln. doll., 2020 yilda 467 mln. doll.) ajratilgan bo‘lsa-da, ularning umumiy kreditlar hajmidagi ulushi to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat kafolatisiz jalb qilingan kredit liniyalari hisobidan ajratilgan kreditlarning jadal o‘sishi hisobiga kamayib bordi.
Xorijiy kredit liniyalari hisobidan 2018-2021 yillar davomida sanoatga – 4 361,8 mln. doll. (yoki jami mablag‘larning 59%i), qishloq xo‘jaligiga – 1 638,3 mln. doll. (22%), savdo va xizmat ko‘rsatishga – 1 051,2 mln. doll. (14%), transportga – 239,0 mln. doll. (3%), qurilishga – 133,5 mln. doll. (2%) miqdorida mablag‘lar yo‘naltirildi (2-diagramma).
Izoh qoldirish