O‘zbekiston va Germaniya tahlil markazlari agrar sohada tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Germaniya tahlil markazlari agrar sohada tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi

2025 yil 27 yanvarda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) hamda Leybnits qishloq xo‘jaligini rivojlantirish instituti (IAMO) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandum Markaz rahbari doktor Obid Xakimov va IAMO direktori, professor Tomasom Xersfeld tomonidan onlayn tarzda imzolandi.

Shartnoma ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, bilim almashish va agrar sohadagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Doktor Obid Hakimov o‘z nutqida O‘zbekistondagi amalga oshirilayotgan faol islohotlar sharoitida mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishishni ta’minlashda qishloq xo‘jaligi sohasidagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish va bu borada ilmiy izlanishlarni kengaytirishga zaruriyat ortib borayotganligini ta’kidladi. Respublikada qishloq xo‘jaligini raqobatbardoshligini oshirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Professor Tomas Xersfeld ushbu hamkorlik Yevropa va O‘zbekiston aql markazlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam ekanligini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, birgalikdagi sa’y-harakatlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi siyosatini optimallashtirish bo‘yicha zamonaviy yechimlarni ishlab chiqishga imkon beradi.

Hamkorlik doirasida bilim va tajriba almashish, mutaxassislar uchun seminar va treninglar tashkil etish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish va hukumat uchun tavsiyalar ishlab chiqish rejalashtirilgan. Bu yanada samarali va barqaror qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tizimlarini yaratish uchun ilg‘or tajriba va texnologiyalarni joriy etish imkonini beradi.

Tomonlar ushbu hamkorlik O‘zbekistonda agrar sektorini barqaror rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va aholi turmush darajasini oshirishga ko‘maklashish imkonini berishiga ishonch bildirmoqda.

Ma’lumot uchun: IAMO — qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida iqtisodiy transformatsiya jarayonlarini o‘rganuvchi yetakchi Germaniya tadqiqot instituti. Uning faoliyati qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish bo‘yicha samarali siyosat va strategiyalarni ishlab chiqish maqsadida o‘tish davri iqtisodiyoti davlatlarini, shu jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarini o‘rganishga qaratilgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar