Gaz to‘ldirish shaxobchalari 30,4 mlrd. sumlik zarar yetkazdi

Gaz to‘ldirish shaxobchalari 30,4 mlrd. sumlik zarar yetkazdi

Joriy yilning 22 noyabr kunidan 1 dekabrgacha O‘zneftgazinspeksiya, Majburiy ijro byurosi hamda “Hududgazta’minot” AJ xodimlari va “Uzstandart” agentligi mutaxassislari tomonidan Respublikada joylashgan 72 ta Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shahobcha (AGTKSh)larda tabiiy gazni qabul qilish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra 16 ta korxonalar tomonidan gaz hisoblash uskunasiga (Avtopilot va Avtopilot pro) tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi natijasida Gaz ta’minoti korxonasiga jami 30 mlrd 441 mln so‘m zarar keltirilganligi aniqlandi. Misol uchun:

Yangiyo‘l tumanida joylashgan “Yuksak samara metan gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 267,2 ming metr kub (1 mlrd 267 mln so‘m) qayta hisob – kitob qilindi.

“Ravnak gaz metan servis” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 979,2 ming metr kub (979 mln 200 ming so‘m) qayta hisob – kitob qilindi.

“Xamkor gaz servis” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 008,0 ming metr kub (1 mlrd 8 mln so‘m) qayta hisob – kitob qilindi.

Bekobod shahrida joylashgan “Pegas petrolium gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 478,4 ming metr kub (1 mlrd 478,4 mln so‘m) qayta hisob – kitob qilindi.

Angren shahrida joylashgan “Yangiyo`l metan gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 3 564,0 ming metr kub (3 mlrd 546 mln so‘m) qayta hisob – kitob qilindi.

Ohangaron tumanida joylashgan “Optima gaz servis” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 008,0 ming metr kub (1 mlrd 8,0 mln so‘m) qayta hisob – kitob qilindi.

Yuqori chirchiq tumanida joylashgan “Oqqo‘rg‘on eko gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 604,8 ming metr kub (604,8 mln so‘m) qayta hisob – kitob qilindi.

O‘rtachirchiq tumanida joylashgan “To‘ytepa voha gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 756,0 ming metr kub (756,0 mln so‘m) qayta hisob – kitob qilindi.

Sirdaryo tumanida joylashgan “ZIYO NUR METAN” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam ko‘rsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 11 844 ming metr kub (11 mlrd 844 mln so‘m) qayta hisob – kitob qilindi.

Yuqorida ko‘rsatilgan barcha korxonalarda aniqlangan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi mutaxassislari tomonidan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar