2021 yil O‘zbekistonda qancha gaz qazib chiqariladi?

2021 yil O‘zbekistonda qancha gaz qazib chiqariladi?

2021 yilda O‘zbekiston 53,8 milliard kub metr gaz ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda dushanba kuni prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda taqdim etilgan taqdimot lavhalarida aytilgan.

Gazning katta qismi «O‘zbekneftgaz» korxonlari tomonidan qazib chiqarilishi rejalashtirilmoqda — 34,1 mlrd kub metr (64,3%). Shundan:

- 48,8% Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi,

- 26,3% Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi,

- 13,7% Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi,

- 10,9% Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi,

- 0,1% Vodiy neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda gaz qazib chiqarish bo‘yicha:

- ikkinchi o‘rinni Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi egallagan — 13,8 mlrd kub metr (25,7%),

- uchinchi o‘rinda esa 2,1 mlrd kub metr (3,9%) gaz bilan Uz-Kor Gas Chemical. Uz-Kor Gas Chemical ta’sischisi «O‘zbektneftgaz» (50%) va Kor-Uz Gas Chemical Investment (50%) kompaniyalari hisoblanadi. Kor-Uz Gas Chemical Investment kompaniyasi Janubiy Koreyaning Koreya gaz korporatsiyasi (KOGAS), Lotte Chemical Corporation va GSE&R kompaniyalari konsorsiumi tomonidan tuzilgan.

Rejaga ko‘ra, 1,4 mlrd kub metr gaz (2,5%) 2018 yilda tuzilgan Epsilon Development Company (AQSh) kompaniyasi tomonidan qazib chiqariladi. 2019 yilda Epsilon Development Company va Epsilon Asia Limited (Gonkong) ishtirokidagi xalqaro konsorsium 2019−2033 yilllarda O‘zbekistondagi gaz va neft konlarida ishlar olib borish uchun 5,2 mlrd dollar investitsiya kiritgan.

Kompaniyaning saytida Vazirlar mahkamasining 2019 yil 11 yanvardagi 19-sonli qarori bilan konlarda ishlarni olib borish uchun litsenziya olinganligi haqida aytib o‘tilgan, lekin Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida bunday hujjat topilmadi.

2021 yilda O‘zbekistonda gaz qazib chiqarish ishlariga jalb qiliniadigan kompaniyalar ro‘yxati va ularning ishlab chiqarishdagi ulushi quyidagicha:

Kompaniya

Ishlab chiqarish hajmi

Ulush

O‘zbekiston bo‘ylab jami

53,8 (mlrd kub m.)

100%

«O‘zbekneftgaz»

34,1

64,3%

Lukoil

13,8

25,7%

Uz-Kor Gas Chemical

2,1

3,9%

Epsilon Development Company

1,4

2,5%

Natural Gas-Stream

1,2

2,2%

New Silk Road Oil and Gas

0,37

0,68%

Jizzakh Petroleum

0,28

0,51%

Gazprom Uzbekistan

0,23

0,42%

Gazli Gas Storage

0,15

0,27%

Gissarneftgaz

0,12

0,23%

Kokdumaloq-gaz

0,026

0,04%

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda joriy yilda O‘zbekiston 917 million kub metr gaz import qilganligini ma’lum qildi.

«Bu juda katta raqam. Ikkinchidan, biz valyutaga import qilyapmiz. Kelajakda nima bo‘ladi?», dedi u.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, neft va gaz sohasi uchun so‘nggi uch yilda ajratilgan 1,4 mlrd dollar o‘z natijasini bermayapti.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 10,8 mlrd kubometrga yoki 17,8 foizga, ya’ni 60,5 mlrd dan 49,7 mlrd kubometrgacha kamaydi.

2021 yilgi Davlat dasturiga ko‘ra, suyultirilgan gaz importi uchun belgilangan bojxona boji va uni import qilish uchun talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni bekor qilish nazarda tutilgan. 1 avgustdan boshlab yirik korxonalarga elektr energiyasi va tabiiy gazni import asosida sotib olish huquqi berilishi ko‘zlangan edi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar