Infografika: 2026 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdosi

Infografika: 2026 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdosi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2026 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmidagi o‘zgarishlarni tahlil qildi.

2026 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 6,1 mlrd dollarni tashkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 26,2 foizga o‘sdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining O‘zbekiston umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 10,7 foizni tashkil etdi.

Shu davrda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksporti 37,5 foizga o‘sib, 2,36 mlrd dollarga, importi esa 20,1 foizga o‘sib, 3,78 mlrd dollarga yetdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari kesimida O‘zbekistonning tashqi savdo ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘ldi:

– Qozog‘iston bilan tovar ayirboshlash hajmi 23,4 foizga o‘sib, 3,74 mlrd dollarni tashkil etdi. Shundan eksport - 1,02 mlrd dollar, import - 2,72 mlrd dollar.

– Qirg‘iziston bilan tovar ayirboshlash hajmi 51,2 foizga o‘sib, 908,4 mln dollarni tashkil etdi. Shundan eksport - 673 mln dollar, import - 235,4 mln dollar.

– Turkmaniston bilan tovar ayirboshlash hajmi 5,7 foizga o‘sib, 807,4 mln dollarni tashkil etdi. Shundan eksport - 150 mln dollar, import - 657,4 mln dollar.

– Tojikiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 45,7 foizga o‘sib, 686,3 mln dollarni tashkil etdi. Shundan eksport - 521,4 mln dollar, import - 164,9 mln dollar.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmida eng katta ulush Qozog‘iston 61 foiz hissasiga to‘g‘ri keldi. Qirg‘izistonning ulushi 15 foiz, Turkmanistonniki 13 foiz, Tojikistonniki esa 11 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar