O‘zbek milliy taomlari Hindistondagi festivalda namoyish etilmoqda

O‘zbek milliy taomlari Hindistondagi festivalda namoyish etilmoqda

Hindistondagi “Surajkund Mela” festivali doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasi hamkorligida tashkillashtirilgan “Uzbek Food Festival” o‘zbek milliy taomlari festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hindistonliklar o‘zbek taomlariga qiziqish bildirdi

Ishtirokchilar o‘zbek milliy taomlariga yuqori baho berib, Hindistonda o‘zbek oshxonalarini ko‘paytirish hamda restoranlar menyusiga milliy taomlarimizni qo‘shishga oid takliflar berdi. Ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda xorijiy restoranlar tomonidan o‘zbek oshxonasiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda, xorijiy mamlakatlarda o‘zbek taomlari tobora ommalashib bormoqda.

The Societe” restorani o‘zbek taomlarini o‘z menyusiga kiritmoqchi

“Uzbek Food Festival” o‘zbek milliy taomlari festivali Hindistondagi “The Societe” restoranida bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu restoran direktori Praven Nayyar o‘zbek taomlarini albatta o‘z menyusiga kiritishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik oshpazlar hindistonliklarga mahorat darslarini o‘tib berishmoqda

Ayni paytda Buxoro viloyatidan tashrif buyurgan mashhur oshpazlar Bobur Samatov, Bobur Turdiyev, Manuchehr Saidov va Sanjar Musinovlar hindistonlik hamkasblariga o‘zbek taomlarini tayyorlashga oid mahorat darslarini o‘tmoqda. Restoran rahbari Praven Nayyarning ta’kidlashicha, mazali va to‘yimli o‘zbek taomlari festivalga tashrif buyurayotgan mehmonlarga manzur bo‘lmoqda.

Festival hali davom etadi

“Uzbek Food Festival” o‘zbek milliy taomlari festivali joriy yilning 1 fevral kuni boshlangan bo‘lib, 16 fevralga qadar davom etadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar