“Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etishuchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tuzilmasida Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish departamenti tuzildi.
Tegishli tarkibda Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma alyans tashkil qilinib, unga jami 200 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.
2021 yil 1 sentyabrgacha Ochiq ma’lumotlar portali faoliyati doirasida davlat va boshqa ma’lumotlar to‘plamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi raqamli ma’lumotlar platformasi yaratiladi.
Qarorga mavofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan grant asosida “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan OTM va ilmiy tashkilotlar (5 ta) ro‘yxati tasdiqlandi.
Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini amaliy qo‘llash bo‘yicha o‘quv kurslari va fanlarini joriy qilish ko‘zda tutilgan OTM ro‘yxati (15 ta) tasdiqlandi.
2021 yildan sun’iy intellekt sohasida stajyor-tadqiqotchilar hamda tayanch doktoranturada tahsil olish uchun har yili 5 kishilik kvota maqsadli ajratiladi.
“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” doktorantura ixtisosligi tashkil qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Pnevmoniyani aniqlash hamda ko‘krak bezi saratoniga tashxis qo‘yishda sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llaniladi.
Izoh qoldirish