Eng ko‘p uzum eksporti Rossiya va Qozog‘istonga amalga oshirilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 40 ta xorijiy davlatga qiymati 33,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 35 ming tonna uzum eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 7,4 ming tonnaga kamaygan.
O‘tgan 7 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p uzum eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 8,6 ming tonna
- Qozog‘iston – 7,7 ming tonna
- Xitoy – 4,9 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 3,0 ming tonna
- Turkiya – 2,1 ming tonna
Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning 7 oyida eng ko‘p uzum eksport qilgan hududlar:
- Samarqand viloyati – 12,1 ming tonna
- Farg‘ona viloyati – 7,7 ming tonna
- Toshkent viloyati – 3,6 ming tonna
- Namangan viloyati – 2,1 ming tonna
Izoh qoldirish