O‘tgan 6 oy mobaynida O‘zbekiston eng  ko‘p qovun va tarvuzni Qozog‘istonga eksport qilgan.                                        
                                    Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 6 oyida O‘zbekiston xorijga qiymati 7,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 22,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 14 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,5 ming tonnaga ya’ni qariyb 5,3 baravarga oshgan.
O‘tgan 6 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 11,8 ming tonna
 
- Rossiya – 6,3 ming tonna 
- Qirg‘iz R. – 2,9 ming tonna
- Belarus – 527,0 tonna
- Latviya – 524,0 tonna
- Ukraina – 484,2 tonna
- Germaniya – 131,2 tonna
- Moldova – 59,5 tonna
 
                 
                                                     
                                                     
                                                     
                                                     
                                                     
                                                     
                                                     
                             
                             
                             
                             
                         
                                 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                
Izoh qoldirish