1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Ushbu kun butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi.
Davlat Statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda bolalar soni haqida ma’lumot berdi.
2020 yil 1 yanvar holati bo‘yicha yurtimizda 0–14 yoshdagi jami bolalar soni 9 million 870 ming 276 nafarni tashkil etgan. Shundan, 5 million 112 ming 470 nafari o‘g‘il bolalar bo‘lsa, 4 million 757 ming 806 nafari qiz bolalardir.
Respublikamizda 0–14 yoshdagi o‘g‘il-qizlarning 4 million 559 ming 212 nafari shaharda, 5 million 311 ming 64 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qiladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi jamoasi barcha bolajonlarni bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etadi. Ertangi kun egalari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimiz doimo sog‘-salomat bo‘ling!
Izoh qoldirish