Qurilish materiallari: 2022 yil natijalari va 2023 yil istiqbollari
2022 yilda qurilish materiallari sohasida ishlab chiqarish hajmi real o‘sishi 5%ga, tashqi savdo 14,9%ga ortdi. Shuningdek, ushbu sohada o‘tgan yil jami 1,8 mlrd dollar investitsiyalar o‘zlashtirildi, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 1,1 mlrd dollarni tashkil etdi.
O‘tgan yil natijalari 2022 yil davomida jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan siyosiy va iqtisodiy beqarorlik holatlari dunyo mamlakatlari iqtisodiy o‘sishining pasayishi hamda tashqi savdo tarkibi va trayektoriyasining o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Mamlakatimiz tashqi savdosida asosiy hamkor davlatlar iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari pasayishiga qaramasdan, 2022-2026 yillarda qurilish materiallari sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 5 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish hamda ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga... ...
Izoh qoldirish