Sirdaryo viloyatining 2023 yilning 9 oyilik yakuni bo‘yicha qurilish sohasi tahlil qilindi

Sirdaryo viloyatining 2023 yilning 9 oyilik yakuni bo‘yicha  qurilish sohasi tahlil qilindi

2023 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida Sirdaryo viloyatida jami qurilish ishlari hajmi 2 671 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 100,3% ga oshdi. Qurilish ishlari yalpi hududiy mahsulot (YaHM)dagi ulushi 18% ni tashkil etdi. Qurilish sohasida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ishchi xodimlarning 2023 yilning 3 choragida o‘rtacha oylik ish haqi 3,223 mln.so‘mni tashkil etdi.

Qurilish sohasida amalga oshirilgan ishlarning 77% qismi kichik va mikrokorxonalar tomonidan, 16% - yirik korxonalar va 7% - norasmiy sektor tomonidan amalga oshirilgan.

Sirdaryo viloyatida amalga oshirilgan jami qurilish ishlarining 27% qismi Guliston shahrida, 25% - Mirzaobod va 18% - Sirdaryo tumanida amalga oshirilgan. Qurilish ishlari eng kam Sayxunobod, Oqoltin va Boyovut tumanlarida amalga oshirilgan.

Sirdaryo viloyatida jami 1089 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritib, ularning soni o‘tgan yilga nisbatan 33%ga kamaygan. Qurilish firmalarining aksariyati Guliston shahri (33%), Mirzaobod (11%) va Sirdaryo (9%) tumanlarida joylashgan. Sardoba tumani (3%) va Shirin shahri (3%) qurilish firmalari soni eng kam hududlar hisoblanadi.

Feruz Raximov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar