O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida barqaror o‘sish saqlanmoqda

O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida barqaror o‘sish saqlanmoqda

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozoridagi faollikni muntazam ravishda monitoring qilib bormoqda.

2026 yil iyul oyida ko‘chmas mulk bozorida faollik o‘sishda davom etdi. Bir oy davomida 26,3 mingta uy-joy oldi-sotdi bitimi rasmiylashtirildi. Bu joriy yil iyun oyiga nisbatan 4%ga ko‘p.

Yil boshidan buyon bozorda 197,4 mingta bitim tuzildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21%dan ziyod o‘sishni anglatadi.

Dinamika ko‘chmas mulk bozorida yuqori faollik va barqaror talab saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Hududlar kesimidagi dinamika

Uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni mamlakatning aksariyat hududlarida oshdi. Eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahrida — 31,6%, Sirdaryo viloyatida — 30,7% va Navoiy viloyatida — 25,5% qayd etildi.

Shu tariqa, faollikning eng sezilarli o‘sishi mamlakatning eng yirik ko‘chmas mulk bozori hisoblangan Toshkent shahrida, shuningdek, bitimlar o‘sish sur’ati respublika ko‘rsatkichidan ancha yuqori bo‘lgan ayrim hududlarda kuzatilmoqda.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar sektori

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar