Moliyaviy intizomni mustahkamlash va temiryo‘l transportida tashiladigan tovarlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, 2020 yilning 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasida eng kam ish haqi miqdorining oshishi oqibatida harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak bo‘lgan yuklarni qo‘riqlash bilan bog‘liq xarajatlari oshishi munosabati bilan yig‘im miqdori quyidagicha belgilangan:
- Qo‘riqlashga belgilangan barcha turdagi vagon va universal konteynerlari uchun, harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak bo‘lgan yuklar ro‘yxatiga kiritilgan va TexPDga ko‘ra to‘lov bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy, eksport va import tovarlarga 1 vagon-km va konteyner-km (QQS tashqari) uchun – 414 so‘m;
- Qo‘riqlashga belgilangan barcha turdagi vagon va universal konteynerlari uchun, harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak bo‘lgan yuklar ro‘yxatiga kiritilgan va ekspeditorlik tashkilotlar orqali to‘lov bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida 1 vagon-km va konteyner-km (QQS bilan birga) uchun – 0,11 AQSh dollar.
Shunday qilib, harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan kuzatib borishi kerak bo‘lgan vagonlar soni 1 tadan 5 tagacha bo‘lsa, yig‘ish stavkasi – 414 so‘m/vagon-km (QQSdan tashqari) tashkil etadi. Vagonlar soni 5 tadan ortiq bo‘lsa – 394 so‘m/vagon-km (QQSdan tashqari) bo‘ladi. Agar qo‘riqlanadigan vagonlar soni, yalpi og‘irligi, 3 tn, 5 tn, 20 tn, 40 tn bo‘lsa, yig‘ish stavkasi – 414 so‘m/ kont-km (QQSdantashqari) tashkil etadi.
O‘zbekiston temir yo‘llari
Axborot-tahliliy media markazi
Izoh qoldirish