O‘zbekistonda yangi pullik tonnellar va avtomobil yo‘llari qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida 9 dekabr kuni imzolangan 4545-sonli Prezident qarorida aytib o‘tilgan.
O‘zbekistonda yangi pullik tonnellar va avtomobil yo‘llari qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida 9 dekabr kuni imzolangan 4545-sonli Prezident qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorda xususan, davlat-xususiy sherikchilik shartlarida quyidagi pullik avtomobil yo‘llari va tonnellari loyihalarini aytib o‘tilgan:
- “Qamchik” dovonida yangi pullik tonnel qurish, Jahon banki bilan hamkorlikda;
- “Taxtaqoracha”dovonida yangi pullik tonnel qurish, YeTTB bilan hamkorlikda;
- “Sirdaryo – Baxt” shaharlarini aylanib o‘tuvchi pullik avtomobil yo‘li qurilishi;
- “Toshkent – Samarqand” pullik avtomobil yo‘li qurilishi;
- “Toshkent – Andijon” pullik avtomobil yo‘li qurilishi;
Yuqoridagi yangi loyihalar 2020 yil davomida o‘rganib chiqilib, uni ijro etuvchi tashkilotlar tender asosida tanlab olinadi. Tender g‘olibi bilan shartnoma 2021 yilning may oyida imzolanishi rejalashtirilgan.
Loyiha maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda – u belgilangan tartibda to‘xtatiladi, deyilgan qarorda.
Izoh qoldirish