Sentyabr oyida O‘zbekiston iste’mol sektorida inflyasiya 1,1% ni tashkil etdi

Sentyabr oyida O‘zbekiston iste’mol sektorida inflyasiya 1,1% ni tashkil etdi

2021 yilning sentyabr oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari indeksi (INI) 1,1 % ni tashkil etdi.

Joriy yil boshidan iste’mol sektorida narxlarning o‘sish darajasi 5,9 % ni, o‘rtacha oylik o‘sish darajasi esa 0,6 % ni tashkil etdi. Yillik nisbatda INI o‘sish darajasi 10,8 % ga yetdi.

2021 yilning sentyabr oyida narxlar va tariflar oshishi bo‘yicha yetakchilik aholiga pullik
xizmatlarga tegishli bo‘lib, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,5 % ga oshdi. Ushbu davrda, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 1,2 % ga, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 0,7 % ga oshdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari

Joriy yilning sentyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari INI o‘sish darajasi oy davomida 1,2 % ni tashkil etdi. 2020 yilning sentyabrida ushbu ko‘rsatkich 1,0 foiz bandga va 2019 yilning sentyabr oyida esa 0,2 foiz bandga past bo‘lgan.

2021 yilning sentyabr oyida ushbu guruhda yillik INI o‘sish darajasi 14,4 % ni tashkil etdi. Bu 2020 va 2019 yillarning mos davridagi ko‘rsatkichlardan mos ravishda 3,3 va 3,1 foiz bandlarga past bo‘ldi.

Umuman olganda, 2021 yilning dastlabki to‘qqiz oyida oziq-ovqat mahsulotlari 6,7 % ga qimmatlashib, 2020 yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 0,8 foiz bandga va 2019 yilning yanvar-sentyabridagi mos ko‘rsatkichdan 1,7 foiz bandga past bo‘ldi.

Nooziq-ovqat mahsulotlari

Joriy yilning sentyabr oyida nooziq-ovqat mahsulotlar INI o‘sish darajasi oy davomida 0,7 % ni
tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2020-2019 yillarning sentyabr oyidagi ko‘rsatkichdan mos ravishda 0,3 va 0,2 foiz bandlarga past bo‘lgan.

Ushbu guruhda yillik INI o‘sish darajasi joriy yilning sentyabridagi 7,7 % ga yetib, o‘tgan yilning
sentyabridagi ko‘rsatkichdan 0,5 foiz bandga, 2019 yil sentyabridagi ko‘rsatkichdan 4,4 foiz bandga past
bo‘ldi.

2020 yilning dekabriga nisbatan nooziq-ovqatlar 4,9 % ga qimmatlashib, o‘tgan yilning yanvarsentyabridagi ko‘rsatkichdan 1,1 foiz bandga va 2019 yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 3,9 foiz bandga past bo‘ldi.

Xizmatlar

2021 yilning sentyabr oyida xizmatlar oy davomida 1,5 % ga qimmatlashdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning sentyabr oyidagi ko‘rsatkichdan 1,0 foiz bandga baland va 2019 yil sentyabr oyidagi ko‘rsatkichdan 0,5 foiz bandga past bo‘ldi.

Ushbu guruhda yillik INI o‘sish sur’ati 2021 yilning sentyabr oyida 8,7 % ni tashkil etib, bu 2020 yilning sentyabridagi ko‘rsatkichdan 2,8 foiz bandga va 2019 yilning sentyabridagi ko‘rsatkichdan 10,8 foiz bandga past bo‘ldi.

2021 yil boshidan xizmatlar 6,1 % ga qimmatlashib, o‘tgan yilning yanvar-sentyabridagi ko‘rsatkichdan 1,6 foiz bandga baland va 2019 yilgi mos ko‘rsatkichdan 7,6 foiz bandga past bo‘ldi.

Mahsulotlarning asosiy guruhlari orasida 2021 yilning 3 choragida narxlar oshishi bo‘yicha yetakchi uchlikdan yog‘-moy mahsulotlari (1,2 barobar), go‘sht mahsulotlari (9,5 %) hamda shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (8,6 %) o‘rin olgan.

Yillik nisbatda yog‘-moy mahsulotlari (1,4 barobarga), sabzavotlar, ildizmevalilar, plantaynlar va dukkaklilar (25,9 %), mevalar va yong‘oqlar (16,6 %), shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (16,0 %) sezilarli darajada qimmatlashgan.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar