2021 yil yakunlari buyicha Surxondaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 30 090,5 mlrd.so‘mni, o‘sish ko‘rsatkichi 2020 yilga nisbatan 107,8% ni tashkil qildi.
Viloyatda yaratilgan YaHMning Respublika yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 4,1% (2020 yilda 4,1%)ni tashkil qilgan holda hududlar orasida 10-o‘rin (2020 yilda 9-o‘rin)ni egallagan.
YaHM tarkibida sanoat ulushi qurilishni qo‘shgan xolda - 16,1% (2020 yilda15,6%), qishloq ho‘jaligi ulushi 47,9% (2020 yilda 48,4%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 36,0% (2020 yilda 36%)ni tashkil qilgan. YaHMda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 77,3% (2020 yilda 77,1%)ni tashkil qilgan.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi 11 095,3 ming so‘mni tashkil qilgan holda (hududlar orasida 14-o‘rin) 2020 yilga nisbatan 105,5%ga oshgan.
Sanoat
Viloyatda 6 785,9 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020 yilga nisbatan 111,4% (o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Respublika hududlari orasida 7-o‘rin)ga oshgan. Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 1,5%ni tashkil qilgan va hududlar orasida oxirgi o‘rinni egallagan. Sanoat mahsulotlarining 51,4%i (2020 yilda 45,3%) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yaratilgan.
Shuningdek, viloyat sanoati tarkibida tog‘ kon sanoatining ulushi-2,9%, ishlab chiqariladigan sanoatning ulushi 90,3%, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi 5,4%, suv bilan ta’minlash kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi – 1,4%ni tashkil qilgan.
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 2 505,2 ming so‘mni (hududlar orasida 14-o‘rin) tashkil qilgan holda 2020 yilga nisbatan 109,1%ga oshgan.
Iste’mol tovarlari
Viloyatda 2 492,1 mlrd.so‘mlik (2020 yilga nisbatan 110,1%) iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, respublikadagi ulushi 1,6%ni tashkil qilgan holda hududlar orasida oxirgi o‘rinni egallagan.
Qishloq xo‘jaligi
Viloyatda 24 016,4 mlrd.so‘mlik qishloq xo‘jaliklari mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020 yilga nisbatan 104,6%ga oshgan. Respublika qishloq xo‘jalik mahsulotlarida viloyatning ulushi 7,6 %ni tashkil qilgan holda hududlar orasida 7-o‘rinni egallagan.
Jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 8 855,6 ming so‘mni(Respublika hududlari orasida 8-o‘rin) tashkil qilgan holda 2020 yilga nisbatan 102,4%ga oshgan.
Xizmat ko‘rsatish
Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 10 387,2 mlrd.so‘mni tashkil qilgan holda, 2020 yilga nisbatan 120,1%ga oshgan. Xizmatlar hajmining Respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 3,7%ni tashkil qilib hududlar orasida 9-o‘rinni egallagan. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi 3 830,1 ming so‘m (hududlar orasida oxirgi o‘rin)ni tashkil qilgan holda, 2020 yilga nisbatan 117,6%ga oshgan.
Chakana savdo
Chakana savdo hajmi 15 090,1 mlrd.so‘mni tashkil qilgan holda, 2020 yilga nisbatan 108,5%ga oshgan. Chakana savdo hajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 6%ni tashkil qilgan holda hududlar orasida 8-o‘rinni egallagan. Jon boshiga to‘g‘ri keluvchi chakana savdo hajmi 5 564,2 so‘m (hududlar orasida 7- o‘rin)ni tashkil qilgan holda 106,2%ga o‘sgan.
Qurilish ishlari
Qurilish ishlari hajmi 5 863,1 mlrd.so‘mni tashkil qilgan holda, 2020 yilga nisbatan 112,8%ga oshgan. Viloyatda qurilish ishlari hajmining Respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 5,5%ni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 7-o‘rinni egallagan.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 11 326,5 mlrd.so‘mni tashkil qilgan va 2020 yilga nisbatan 103,2%ga oshgan bo‘lib, Respublikadagi ulushi 4,6% (hududlar orasida 11-o‘rin)ni tashkil qilgan. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar hajmi 4 176,4 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib 2020 yilga nisbatan 101%ga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi
Tashqi savdo aylanmasi hajmi 443,1 mln.dollarni tashkil qilgan holda, 2020 yilga nisbatan 106,3%ga oshgan. Viloyat tashqi savdo aylanmasining Respublika jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 1,1%ni tashkil qilgan holda, hududlar orasida oxirgi o‘rinni egallagan. Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksportning ulushi – 53,1%, importning ulushi – 46,9%ni tashkil qilgan.
2021 yilda jami amalga oshirilgan eksport hajmi 235,3 mln.dollarni tashkil qilgan holda 2020 yilga nisbatan 110,2%ga, import hajmi – 207,7 mln.dollarni tashkil kilgan holda 102,1%ga oshgan.
Viloyatda amalga oshirilgan eksportning Respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 1,4% va importning Respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 0,8%ni tashkil qilgan.
2021 yil davomida 5 050 ta yangi kichik sub’yektlari tashkil etilgan va ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’yektlari soni 2020 yilga nisbatan 13,7%ga oshgan.
Anvar Qobilov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qashqadaryo filiali Sektor mudiri
Izoh qoldirish