Jahon banki va "Doing Business" xalqaro moliya korporatsiyasining yillik hisoboti har doim reytingda ishtirok etuvchi barcha mamlakatlarning iqtisodiy sohasi va axborot makonida muhim voqealik hisoblanadi. Reytingga bo‘lgan bunday e’tibor mamlakatdagi biznes uchun shart-sharoitlarni yaxshilash va dunyoning boshqa davlatlari bilan batafsil taqqoslashda hukumatlarning faoliyatini obektiv baholash imkonini beradi.
Reyting natijalariga OAV alohida e’tibor qaratayotgani va joriy yil 24 oktyabr kuni e’lon qilingan reytingda O‘zbekiston 69-o‘rinni egallab, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda yuqori natijalarni ko‘rsatgan top-20 talikka kirgan mamlakatlar qatoridan joy olgani bejiz emas. Bundan tashqari 2022 yilga borib O‘zbekistonni reytingning yuqori 20 talikka kiritish rejalashtirilmoqda. Shu nuqtai nazardan, ushbu reyting alohida qiziqish uyg‘otadi.
"Doing Business" ma’ruzasi turli mamlakatlarda joriy etiladigan, o‘n yo‘nalishda biznes faoliyatiga daxldor normativ – huquqiy o‘zgarishlarni qayd etadi va ularni biznes faoliyati shart-sharoitlarini yaxshilash yoki yomonlashtirish yuzasidan baholaydi. Tegishli tahlil dunyoning 190 mamlakatiga nisbatan qo‘llaniladi.
Reyting mamlakatlar pozitsiyalarini biznes yuritishning 10 indikatori bo‘yicha baholaydi:
- korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
- qurilishga ruxsatnomalar olish;
- elektr ta’minoti tarmog‘iga ulanish;
- mulkni ro‘yxatga olish;
- kreditlar olish;
- minoritar investorlarni himoya qilish;
- soliq solish;
- xalqaro savdo;
- kontraktlar ijrosini ta’minlash;
- to‘lov qobiliyatsizligini hal qilish.
Bu yilgi reytingga ilgari kiritilmagan yana bir indikator "xodimlarni yollash" indikatori bo‘yicha ham baholandi.
Reytingda ijobiy dinamikaning omillari haqida gapirar ekan, jahon banki tahlilchilarining ta’kidlashicha, qashshoqlikning pastligi biznes uchun yanada qulay muhit yaratishga yordam beradi va tartibga solish samaradorligini oshirish tadbirkorlik, startaplar, innovatsiyalarni rivojlantirishga, kreditlar va investitsiyalarning qulayligini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, reytingda yuqori pog‘anani band etganlar biznesni ro‘yxatga olish va mulkni topshirish uchun onlayn tartib-qoidalarga, shuningdek, soliq deklaratsiyasini topshirish uchun elektron platformalarga ega bo‘lishga moyil.
Xulosa qilib aytganda, biznesni yuritishda birinchi hisobot 2003 yilda chop etilgan va "Doing Business 2020" joriy hisoboti reytingning 17-sonli nashri hisoblanadi. Joriy yilning 24 oktyabrida chiqarilgan indeks o‘tgan yilning mayidan shu yilning may oyigacha bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga oladi. Hisobotda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 115 mamlakat 294 islohotni amalga oshirdi, natijada Jahon banki ekspertlarining fikriga ko‘ra, ushbu mamlakatlarda biznes yuritish shartlari yaxshilandi. 2003 yilda 190 mamlakatdan 186 ta mamlakatda jahon banki guruhi tomonidan "Doing Business"ni tayyorlash bo‘yicha monitoring olib borilgan hisobotning birinchi chiqarilishidan boshlab tadbirkorlik faoliyati sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan 3500 dan ortiq islohotlar amalga oshirilgan.
ITIM axborot-resurs markazi
Izoh qoldirish