Samolyot chipta narxlari kimlar uchun arzonlashadi?
Transport vazirligining OAV vakillari uchun o‘tkazgan matbuot anjumanida aviachiptalar narxi hamon qimmatligicha qolayotgani, buning sabablari, qo‘shni davlatlar kabi narxlarni arzonlashtirish uchun qanday choralar ko‘rilayotgani mavzusida ko‘plab savollar berildi.
Transport vazirligining OAV vakillari uchun o‘tkazgan matbuot anjumanida aviachiptalar narxi hamon qimmatligicha qolayotgani, buning sabablari, qo‘shni davlatlar kabi narxlarni arzonlashtirish uchun qanday choralar ko‘rilayotgani mavzusida ko‘plab savollar berildi. – Aviachiptalar narxining 30-40 foizi kerosin bilan bog‘liq, – deydi Havo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Ulug‘bek Bektoshev. – Bizda u yetarlicha bo‘lmagani uchun xorijdan qimmat narxlarda sotib olinadi. Chet eldan kelgan samolyotlarga kerosinning bir tonnasi bir ming ikki yuz dollardan sotilar edi. Bugungi kunda yangi tizimga ko‘ra “Uzbekistan Airways” kompaniyasi o‘zi uchun kerosinni sotib olmoqda. Chet el aviakompaniyalari uchun esa yangi narx belgilandi, 890 dollar atrofida. Bu xorijliklar uchun ma’qul bo‘lmoqda. Hozirda 11 ta xalqaro aeroportda sharoitlar yaratilgan. “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati kerosinni import qilib sotmoqda. Biz so‘rovnomalar olib borganimizda yo‘lovchilar uchun filmlar va ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar uning texnikasi bilan bog‘liq. Biz hamkor ishlab chiqaruvchilar bilan birga qilishimiz kerak bu ishlarni. O‘zimiz qila olmaymiz. Misol uchun, Rossiyada salonni ichida yo‘lovchilarga qarab turish uchun videokamera talabini qo‘yishmoqchi edi. Lekin, aviakompaniya texnik o‘zgartirishga haqqi yo‘qligini aytdi. Buni ishlab chiqaruvchilar bilan qilinadi. Bizda ham shu holat, kuzatilmoqda. Tadbirda aviachiptalarni arzonlashtirish uchun Havo kodeksiga o‘zgartirish kiritish haqida ham eslab o‘tildi. Yuki bo‘lmagan va ovqatlanmaydigan yo‘lovchilar uchun 20 foiz past narx shakllantirish mumkin bo‘lar ekan. Xabaringiz bo‘lsa, Prezidentimizning 2018 yil 27 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra sohada bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “Uchuvchilar majmuasi” DUK, “Havo aloqalari bosh agentligi” va “O‘zaviatexta’minot” negizida “Uzbekistan Airways”, “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, fuqaro va eksperimental aviatsiyasida havo kemalari parvozlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat va texnik jihatdan muvofiqlashtirish vakolati berilgan Fuqaro aviatsiyasi agentligi tashkil etildi. “Uzbekistan Airways”ning asosiy vazifasi havo kemalari parkidan samarali foydalanish hisobiga yuk va yo‘lovchi tashish, aviatsiya texnikasiga, shu jumladan xorijiy aviakompaniyalar havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash belgilangan. “Uzbekistan Airports”ga esa yurtimizdagi barcha xalqaro aeroportlarini boshqarish, aviakompaniyalarga xizmat ko‘rsatishga, yo‘lovchilar, bagaj va yukka xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, DXSh mexanizmlaridan foydalangan holda infratuzilmani takomillashtirish, aerodromlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash, yoqilg‘i bilan uzluksiz ta’minlash, aeroportlarda zamonaviy savdo, oziq-ovqat, banklar va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadigan boshqa ob’yektlar tarmog‘ini kengaytirish vazifalari yuklangan. Xorijiy ekspertlar xulosalariga ko‘ra mazkur yo‘nalish fuqaro aviatsiyasi tarmog‘ini boshqarishni taqsimlash qismida eng samarali hisoblanadi va Jahon banki maslahatchilari ko‘magida korxonalarning ustavlari tayyorlandi va tasdiqlandi. Shuningdek, buyurtmachilarning maxsus aviatsiya ishlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, “kichik aviatsiya” havo kemalari parkidan samarali foydalanish maqsadida, islohotlarda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida maxsus aviatsiya ishlarini, respublika ichki va xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi, yuk va pochta tashish bilan bog‘liq faoliyatni bajarish, shuningdek, turizm va sanitariya aviatsiyasi sohasida aviatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun mustaqil aviakompaniya tashkil etish ko‘zda tutiladi. Manba: O‘zA
Izoh qoldirish