O‘zbekiston Yevropaga to‘qimachilik mahsulotlarini muhim yetkazib beruvchisi bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston Yevropaga to‘qimachilik mahsulotlarini muhim yetkazib beruvchisi bo‘lishi mumkin

Yevropa Ittifoqining qator yirik chakana savdo do‘konlari va kiyim-kechak brendlari O‘zbekistondagi to‘qimachilik kompaniyalari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqdalar. Bu haqda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston, boshqa jahon ishlab chiqaruvchilaridan farqli o‘laroq, katta afzalliklarga ega:

- mavjud qo‘shilgan qiymatli to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish zanjirining mavjudligi;

- Yevropa qit’asiga yaqinligi sababli mavjud logistika kanallari (tez yetkazib berish muddatlari).

Bundan tashqari, O‘zbekiston yangi ishlab chiqaruvchi va moda va dizaynda o‘zgacha qarashga ega davlat bo‘lishi mumkin.

22 fevral kuni Mangold Consulting xalqaro konsalting kompaniyasi rahbari Klaus Mangold «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov bilan uchrashuvi chog‘ida ilgari Germaniya kiyim-kechak brendlarining o‘zbek to‘qimachilik korxonalari bilan hamkorlikka qiziqishi oshib borayotgani haqida gapirdi.

Klaus Mangold Daimler Chrysler AG, TUI AG (Germaniya), Alstom S.A. (Fransiya), Ernst &Young (SShA), Metro AG (Germaniya) va Continental AG (Germaniya), Rothschild GmbH (Frankfurt-na-Mayne) kompaniyalarida kuzatuv kengashining raisi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.

2018 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev Klaus Mangoldni qabul qilgan va Germaniya bilan aloqalarni mustahkamlash borasida so‘zlashgan. Bundan tashqari 2020 yilda K.Mangold Bosh Vazir o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov bilan ham uchrashib qo‘shma loyihalar haqida suhbatlashgan.

K.Mangoldning so‘zlariga ko‘ra, Pandemiya sharoitida ko‘plab Germaniya kompaniyalari to‘qimachilik ta’minot zanjirlarini qayta ko‘rib chiqmoqdalar, bunga nemis to‘qimachilik mashinasozligi sanoatining rivojlanishi to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarilishiga bevosita bog‘liq bo‘lgan sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga, Germaniya to‘qimachilik siyosatini qayta ko‘rib chiqmoqda. Faktlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistondan Germaniyaga to‘qimachilik mahsulotlari eksporti kamaygan. Biroq, Germaniya riteyllari muloqotga tayyor va 2021 yilning ikkinchi yarmida taniqli Germaniya kiyim-kechak brendlarini o‘z ichiga olgan delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda.

O‘z navbatida, Ilhom Haydarov to‘qimachilik sanoatida erishilgan yutuqlar, xususan, paxtachilik sohasidagi islohotlar, paxta-to‘qimachilik klasterlari loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, Hukumat tomonidan mahsulotlarni sertifikatlashtirish uchun subsidiyalar haqida so‘zlab berdi.

Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyati va Gherzi xalqaro konsalting kompaniyasi bilan birgalikda «Eksportni rivojlantirish va moda inkubatori» loyihasi, Better Cotton Initiatives bilan hamkorlikni chuqurlashgani va O‘zbekistonning GSP+ preferensiyalari benefitsiari bo‘lishi bo‘yicha arizasi Yevrokomissiya tomonidan ma’qullanganligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Germaniyalik mehmonlarni Cotton Campaign koalitsiyasi bilan hamkorlikda erishilgan katta natijalar va Xalqaro Mehnat Tashkilotining 2020 yil hosili natijalari ko‘ra hisobotida O‘zbekistonda paxta terimi paytida majburiy mehnat omillari mavjudmasligi ilk bora tasdiqlangani katta qiziqish uyg‘otdi.

Aynan ushbu masalalar yuzasidan to‘liq ma’lumot taqdim etilishi va ushbu ma’lumotni Germaniya kompaniyalarga yetkazilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida doktor Mangold o‘zbek ishlab chiqaruvchilari va Yevropa Ittifoqi iste’molchilari o‘rtasida ko‘prik bo‘lib xizmat qiladigan Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (Eurouz) tashabbusi haqida ham gapirdi. Eurouz - Bosh qarorgohi Bryusselda joylashgan O‘zbekistondagi Yevropa ishbilarmon doiralari manfaatlarini ifoda etuvchi nodavlat biznes uyushmasining loyihasi. EUROUZ tomonidan ishlab chiqilayotgan elektron platforma orqali o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini Yevropa bozoriga taqdim etishlari mumkin.

2020 yil natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Yevropa mamlakatlariga 288.0 million dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan, shundan 2019-2020 yillarda Germaniyaga 14 million dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilgan.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar