Joriy yilda tovar va xizmatlar eksportini kamida 20 foizga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Davlat dasturi loyihasida keltirilgan.
Amalga oshirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik
va idoralar, mahalliy hokimliklar tayinlandi.
Davlat dasturiga ko‘ra, yil oxirga qadar tovarlar va xizmatlar eksporti 12 mlrd AQSh dollariga yetishi kutilmoqda.
Quyidagi amaliy chora-tadbirlar rejalashtirilgan:
– Hukumat komissiyasi tomonidan eksport qiluvchi korxonalar bilan korxonabay ishlash tizimini faol davom ettirgan holda, ularning faoliyati davomidagi muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralarini ko‘rish;
– investitsiya dasturlari doirasida ishga tushiriladigan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini eksport faoliyatiga keng jalb etish choralarini ko‘rish;
– xomashyo eksportini keskin kamaytirgan va respublika hududida chuqur qayta ishlagan holda, yuqori qo‘shilgan qiymatli sanoat mahsulotlari eksport hajmini kengaytirish choralarini ko‘rish;
Izoh qoldirish