Dekabr oyida O‘zbekistondagi ishbilarmonlik faolligi o‘rtacha o‘sishda davom etdi

Dekabr oyida O‘zbekistondagi ishbilarmonlik faolligi o‘rtacha o‘sishda davom etdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil dekabr oyida quyidagilarni tashkil etdi:

  • 2020 yil noyabr oyiga nisbatan – 1017 birlikni (o‘sish – 1,7%);
  • 2019 yilning noyabr oyiga nisbatan – 916 birlikni (pasayish – 8,4%).

O‘zbekistonda joriy yilning dekabr oyida ishbilarmonlik faolligi mo‘’tadil darajada oshdi. Ushbu o‘sish xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank operatsiyalari bo‘yicha komponentning, shuningdek xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponentning oshganligi bilan izohlanadi.

1-rasm. 2020 yilning dekabr oyida IFI o‘tgan oyga nisbatan 1,7 foizga oshgan.

Komponentlar darajasida o‘zgarishlar bo‘lgan

2020 yilning dekabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 1,7 foizga oshib, 1017 birlikni tashkil etishi quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 13,2 foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 1,1 foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 7,4 foizga kamaygan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 6,6 foizga kamaygan.

Hududlar kesimida Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan

2020 yil dekabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 10 ta hududda noyabr oyiga nisbatan o‘sish kuzatilgan bo‘lsa, qolgan 4 ta hududda pasayish qayd etilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi (40,0%), Qashqadaryo (39,8%), Sirdaryo (14,8%), Namangan (12,3%) va Andijon (10,5%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).

O‘tgan oyga nisbatan pasayish Surxondaryo (-6,4%), Buxoro (-4,8%), Farg‘ona (- 2,8%) va Samarqand (-0,5%) viloyatlarida kuzatilgan.

2-rasm. 2020 yil dekabr oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi

Ishbilarmonlik faolligi indeksining o‘tgan oyga nisbatan mo‘’tadil darajadagi o‘sishiga qaramasdan, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan oxirgi yarim yil mobaynida qayta tiklana olmayapti va 8,4 foizga kamayish kuzatilgan.

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2020 yil dekabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 4 846,5 ming tani tashkil etdi va noyabr oyiga nisbatan 13,2 ming tranzaksiyaga (13,2%) oshgan. Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,8 foizga sezilarli darajada kamayib ketgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni barcha hududlarda oshgan

2020 yil dekabrda respublikaning barcha hududlarida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Namangan (26,4%), Jizzax (14,3%), Surxondaryo (14,2%), Sirdaryo (14,2%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (16,3%) kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2020 yilning dekabr oyida IFIning birja komponenti 0,9258 birlikni tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan 8,4 foizga pasaydi. Ushbu komponentning pasayishi bitimlar sonining kamayishi bilan izohlanadi.

Dekabr oyi natijalariga ko‘ra Respublika tovar-xom ashyo birjasida 24 533 ta bitim imzolangan bo‘lib, noyabr oyiga (31 363) nisbatan 6 830 ta bitimga (-21,8 foizga) kamaygan. Birjada tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2020 yil dekabr oyida 3 975,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 5,6 foizga oshgan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2020 yil dekabr oyida 1,0109 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 1,1 foizga oshganligini ko‘rsatadi.

2020 yil dekabr oyida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga nisbatan 6 916 taga ko‘payib, 517 174 tani (2020 yilning noyabr oyida 510 258 ta) tashkil etdi.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni 13 taga oshgan

Hisobot davrida kichik korxonalar soni 411 203 tagacha yetib, o‘tgan oyga nisbatan 6 184 taga oshgan. Fermer xo‘jaliklari soni 102 273 tadan 102 992 tagacha (719 taga) ko‘paygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 2 979 tani tashkil etib, 2020 yil noyabr oyiga nisbatan 13 taga oshgan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2020 yil dekabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 0,9344 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 6,6 foizga kamaygan. Joriy yilning dekabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 114 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

Hududlarda IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent

Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent

Tovar belgilari bo‘yicha komponent

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

1400

1,0350

2,0000

1,0144

↓0,5000

Qashqadaryo viloyati

1398

1,0624

2,0000

1,0283

↓0,0000

Sirdaryo viloyati

1148

1,1417

1,2793

1,0080

↓0,5000

Namangan viloyati

1123

1,2636

1,1094

1,0086

↓0,5000

Andijon viloyati

1105

1,1326

1,1836

1,0006

↓0,5000

Jizzax viloyati

1082

1,1433

1,0763

1,0067

1,0000

Navoiy viloyati

1065

1,1226

1,1254

1,0085

↓0,0000

Toshkent viloyati

1064

1,0943

1,0734

1,0089

1,0000

Xorazm viloyati

1030

1,0692

1,0419

1,0162

↓0,5000

Toshkent shahri

1006

1,1627

↓0,8677

1,0070

1,0112

Samarqand viloyati

995

1,0793

↓0,8551

1,0127

1,7500

Farg‘ona viloyati

972

1,0987

↓0,8963

1,0187

↓0,1667

Buxoro viloyati

952

1,0710

↓0,8866

1,0096

↓0,0000

Surxondaryo viloyati

936

1,1424

↓0,7844

1,0095

↓0,0000

Hududlarda IFI komponentlarining bazis davrga (yanvar 2019y.) nisbatan o‘zgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent

Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent

Tovar belgilari bo‘yicha komponent

Navoiy viloyati

1459

↓0,9387

2,0000

1,5025

↓0,0000

Namangan viloyati

1447

↓0,9889

2,0000

1,3201

↓0,3333

Samarqand viloyati

1406

↓0,9681

1,3408

1,4592

7,0000

Xorazm viloyati

1397

↓0,8087

2,0000

1,2927

1,0000

Sirdaryo viloyati

1385

↓0,7442

2,0000

1,3368

1,0000

Toshkent viloyati

1355

↓0,7560

2,0000

1,2535

↓0,5000

Toshkent shahri

1292

1,2404

1,4017

1,2104

1,0227

Jizzax viloyati

1202

↓0,7762

1,4492

1,4563

1,0000

Surxondaryo viloyati

1198

↓0,8873

1,4155

1,4619

↓0,0000

Buxoro viloyati

1121

↓0,8070

1,3519

1,3558

↓0,0000

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

1112

↓0,7706

1,3080

1,3132

1,0000

Farg‘ona viloyati

1089

↓0,8510

1,1962

1,3510

↓0,5000

Qashqadaryo viloyati

1079

↓0,7408

1,3676

1,2400

↓0,0000

Andijon viloyati

1025

↓0,7185

1,2170

1,1669

1,0000

Ruslan Abdullayev,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar