“O‘zbekiston temir yo‘llari” "obnal firma"lar bilan shartnoma tuzish sababini tushuntirdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari”

Bir guruh tadbirkorlik sub’yektlari soliq idoralari xatti-harakatiga norozilik bildirdi. Ushbu “oxiriga yetmay” ko‘rilgan choralardan zarar ko‘rgan yirik tashkilotlar safida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati ham bor.

Talabga muvofiq har bir bitimning qonuniyligi va haqiqiyligini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, kontragentni tanlashda lozim darajada ehtiyotkorlik qilganligini va mol yetkazib beruvchining o‘z shartnomaviy majburiyatlarini bajarganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmatining xabar berishicha, har bir holatni alohida chuqur tanqidiy ko‘rib chiqilishi natijasida taqdimnomada keltirilgan 18,8 mlrd. so‘mlik holatdan 530 mln. so‘mlik shartnomalarida (ya’ni 2,8% qismi) bitim tuzgan mahsulot yetkazib beruvchi tashkilotlar to‘lashlari lozim bo‘lgan qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lamaganliklari aniqlangan.

"Insofsiz tadbirkorlar tomonidan to‘lanmagan 69 mln. so‘m qo‘shimcha qiymat solig‘i aybdor shaxslardan undirildi va o‘rnatilgan tartibda soliqqa yo‘naltirilmoqda.

Achinarlisi shundaki, shubhali kontragentlar bilan tuzilgan shartnomalarning aksariyat qismi tovar xom ashyo birjasi savdo platformalari orqali rasmiylashtirilgan. Ushbu yo‘nalishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Davlat soliq qo‘mitasiga kontragentlarni ishonchli soliq to‘lovchi korxonaligi o‘rganilganidan so‘ng tovar xom ashyo birjasi savdo platformalariga qo‘yilishi bo‘yicha o‘z taklifini kiritdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati o‘zining “ishonchli soliq to‘lovchi” imijini saqlab qolish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini davom ettiradi", deyiladi xabarda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar