O‘zbekiston “World travel market 2019” jahon sayyohlik yarmarkasida faol ishtirok etdi

O‘zbekiston “World travel market 2019” jahon sayyohlik yarmarkasida faol ishtirok etdi

O‘zbekiston turizm sohasi vakillari Londonda tashkil etilgan “World travel market 2019” jahon sayyohlik yarmarkasida faol ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ta’kidlash joizki, WTM turizm sohasida eng yirik va ommabop xalqaro ko‘rgazmalardan biri bo‘lib, 1980 yildan beri har yili o‘tkazilib kelinmoqda. Bu yil mazkur ko‘rgazma dunyoning 182 mamlakatidan kelgan 50 mingdan ortiq qatnashchinini birlashtirdi. Ushbu ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar 100 ming kishidan oshdi hamda 2 ming 800 dan ortin OAV vakili yarmarka ishini yoritib bordi.

O‘zbekiston 2009 yildan beri mazkur xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etib kelmoqda. Joriy yil mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibini O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekistan havo yo‘llari” MAK va “People Travel”, “Orient Voyages”, “Hyatt Regency Tashkent”, “Compass Tours”, “Ulysee Tour” sayyohlik agentliklari vakillari tashkil qildi. O‘zbekiston milliy stendida mamlakatimizning sayyohlik salohiyati, madaniy merosi va zamonaviy qiyofasi taqdim etildi, videoroliklar namoyish qilindi.

Ko‘rgazmada ishtirok etish turoperatorlarga turizmni rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish, ushbu biznesning yangi yo‘nalishlari hamda samarali boshqarish usullari bilan tanishish imkoniyatini berdi. Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi ko‘rgazma doirasida Buyuk Britaniya sayyohlik uyushmalari, jumladan, “Association of Group Operators”, “National Tourist of Offices & Representatives Association”, “Association of British travel agent”, “Association of independent tour operators”, turoperatorlari, “Travel The Unknown”, The Travel Experts”(religious Tourism), “Silk Road Adventures”, Sayohat va turizm masalalari bo‘yicha Britaniya instituti, “Wonderlust Magazine” nashriyoti vakillari va boshqa xalqaro hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli bitimlar tuzdi.

Delegatsiya BMT Jahon sayyohlik tashkilotining “Qishloq joylarda turizmni rivojlantirishning zamonaviy texnalogiyalari” mavzuidagi vazirlik sammitida ham qatnashdi. 50 dan ortiq turizmni rojlantirish vazirligi va sayyohlik kengashi ma’muriyati rahbarlari qatnashgan mazkur sammitda global turizm sohasidagi dolzarb masalalar, tarmoqni yanada rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Qayd e’tish joizki, ko‘rgazma doirasida amerikalik mutaxassis Tara Pendaya o‘zbek milliy raqs san’atini taqdim qildi. U tomonidan ijro etilgan raqslar ko‘rgazma ishtirokchilari orasida O‘zbekiston madaniyatiga qiziquvchilar soni ortishiga xizmat qildi. T.Pendaya o‘zbek raqslariga bo‘lgan muhabbati tufayli ushbu san’at turini mukammal darajada o‘rganib, turli mamlakatlarda o‘tkazilayotgan xalqaro ko‘rgazmalarda o‘z iqtidorini namoyish etib kelmoqda.

O‘zbekiston turizm sohasi vakillari mazkur ko‘rgazmada Buyuk Britaniya va Yevropa sayyohlarining mamlakatimizga oqimini yanada oshirish borasida manfaatli kelishuvlarga erishdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar