2021 yil “Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5243-son, 14.09.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qarorga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor bo‘lganligi munosabati bilan mazkur soliq imtiyozlarining foydalanilmay qolgan qismi 2020 yil 1 oktyabrgacha maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritilgan ishtirokchilar uchun ular reyestrga kiritilgan sanadan boshlab 3 yildan 10 yilgacha muddatlarda to‘liq qo‘llaniladi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga 2021 yil 15 sentyabrdan mahsulot ishlab chiqarishda va o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilganda QQS va bojxona bojini foizlar hisoblanmagan va ularning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kungacha muddatga kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga ortiqcha QQS summasi 7 kun ichida qoplab beriladi.
Bunda, kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra qoplangan QQS summasi asossizligi aniqlangan taqdirda, mazkur summa belgilangan tartibda undiriladi.
Izoh qoldirish