Qashqadaryoda BAA bilan hamkorlikda quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi
Loyihani amalga oshirish uchun 250,5 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etiladi. Loyiha G‘uzor tumanida 300 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini va 1 soat davomida 75 MVt quvvatni ta’minlovchi energiya saqlash tizimi (akkumulyator)ni qurishni ham o‘z ichiga oladi.
Izoh qoldirish