Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari O‘zbekistonda ta’lim tizimini 2017-2023 yillardagi rivojlanish dinamikasini taqdim etdi.
So‘ngi 7 yil mobaynida mamlakatimizda barcha sohalarda chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Ushbu vaqt mobaynida ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar ham sezilarli daraja yetdi. Jumladan, 2017-2023 yillarda ta’lim xizmatlari hajmi 5,0 baravar o‘sib, 2017 yildagi 4,4 trln so‘mdan 2023 yilga kelib 20,5 trln so‘mga yetkazildi.
Umuman olganda ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohatlarning asosiy yo‘nalishlari sifatida sohaga xususiy sektorning keng jalb etilishi hamda davlat xususiy sherikchilikni tashkil etish deyish mumkin.
Sohada amalga oshirilgan islohot va chora-tadbirlar, ayniqsa maktabgacha ta’lim tizimida sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Jumladan, 2017 yilda nodavlat MTTlar soni atiga 1,4 ming tani tashkil etgan bo‘lsa bu ko‘rsatkich 2023 yilga kelib 27,5 mingdan oshib ketdi va mamlakatimizda maktabgacha ta’lim bilan qamralgan bolalar sonining 932 ming nafardan 2,5 barobarga oshib 2,4 mln. nafarga yetkazilishiga sabab bo‘ldi.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida erishilgan natijalarni alohida ta’kidlab o‘tmasdan iloji yo‘q. Xususan, respublikamizdagi maktablar soni 2017 yilda 9 671 tadan 2023 yilda 10 750 taga yetkazildi, bunda xususiy sektorni qo‘llab quvvatlash evaziga ularning soni 2017 yilda 84 tadan 2023 yilda 300 taga yetkazildi. Shuningdek, sohada qurilish va rekonstruksiya ishlari ham ohirgi 7 yil mobaynida jadal ravishda amalga oshirildi. 2017 yilda 362 ta maktablar rekonstruksiya qilinib 47,5 ming nafar o‘quvchi o‘rni yaratilgan bo‘lsa, 2023 yilda 564 ta maktablar mukammal rekonstruksiya qilinib 110 ming nafardan ortiq yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratilildi.
Ushbu muddat davomida, oliy ta’lim muassasalari soni 77 (nodavlat OTMlar soni - 7 ta) tadan 219 (nodavlat OTMlar soni - 93 ta) taga yetkazildi va buning natijasida oliy ta’lim bilan qamrov darajasi esa 23 foizdan 42 foizga yetkazildi. Oliy ta’limdagi talabalar soni 2017 yilda qariyb 280 ming nafar bo‘lgan bo‘lsa 2023 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 4,8 barobarga oshib 1,3 mln nafarni tashkil etdi.
Amalaga oshiriligan islohotlar natijasida oliy ta’lim muassasalarida doktorantura uchun ajratilgan qabul kvotalari soni 2017 yilda atiga 247 nafar bo‘lgan bo‘lsa bu ko‘rsatkich 2023 yilga kelib 9 579 nafarni tashkil etdi va natijada OTMlardagi ilmiy salohiyat 2017 yilda 32 foizdan 2023 yil uchun 44 foizga yetkazildi.
Izoh qoldirish