1 iyuldan soliq qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?

1 iyuldan soliq qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?

2021 yil 1 iyuldan boshlab:

- o‘rta tibbiyot mutaxassislariga o‘zini o‘zi band qilish asosida «hamshiralik ishi» bilan mustaqil shug‘ullanish uchun ruxsat beriladi (PF-6155-son, 03.02.2021);

- soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berish bekor qilindi. Soliq organlarida soliq to‘lovchilarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (PINFL - JShShIR) orqali amalga oshirishga o‘tiladi, 23.03.2021);

- asosiy faoliyat turi parrandachilik bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun soliq imtiyozlari joriy etiladi (PQ-5146-son 14.06.2021);

- maishiy texnikalarni raqamli markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihasi start oladi (Vazirlar Mahkamasining 322-son qarori 20.05.2021);

- davlat organlari, shu jumladan Davlat soliq qo‘mitasi har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida va o‘zining rasmiy veb-saytida bir qator ma’lumotlarni joylashtiradi (PF-6247-son, 16.06.2021).

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar