2022-2023 yil uchun 1-sinfga onlayn-qabul tizimi ishga tushirildi

2022-2023 yil uchun 1-sinfga onlayn-qabul tizimi ishga tushirildi

2022-2023 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablariga 1-sinfga onlayn qabul uchun ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish jarayoni boshlandi. Bu haqda Xalq ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

Qabul uchun arizalarni my.maktab.uz elektron platformasi orqali topshirishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, xizmat Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazidagi umumta’lim maktablari uchun mavjud.

Biriktirilgan mikrohududdan tashqari tanlangan ikkinchi va uchinchi maktablarda, maktab sig‘imidan kelib chiqib, bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shimcha o‘quvchilar o‘rni (kvota) ajratiladi.

Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki ☎️71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar