2022 yil yakunlariga ko‘ra viloyat iqtisodiyoti asosiy tarmoqlari yuqori o‘sish sur’atlariga erishdi. Jumladan, yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 18,1 trln.so‘mni, o‘sish sur’atlari 105,0% ni (9-o‘rin), YaHM tarkibidagi qishloq, xo‘jaligi ulushi 39,4%, sanoat ulushi 24,9%, qurilish ishlari ulushi 8,0%, xizmatlar ulushi 27,7%, tashkil etdi.
Asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sish sur’atlari 137,6% (1-o‘rin), eksport 140,1% (1-o‘rin), iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 125,8% (2-o‘rin), sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 109,5% (4-o‘rin) ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalarda (14 167 ming.so‘m) 3-o‘rin, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda (13 905 ming.so‘m) 4-o‘rin, YaHMda (20 434 ming.so‘m) 5-o‘rin, sanoatda (13 717 ming.so‘m) 5-o‘rin, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishda (5 897ming.so‘m) 5-o‘rin, qurilish ishlari (3 704 ming.so‘m) 5-o‘rin, xizmatlarda (5 667 ming.so‘m) 5-o‘rinda.
Viloyatda hisoblangan o‘rtacha oylik nominal ish haqi miqdori 3 221,6 ming so‘mni tashkil etdi. (Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan 671 ming so‘mga kam, 7-o‘rin).
Izoh qoldirish