O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi iyul oyida o‘sishni davom ettirdi

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi iyul oyida o‘sishni davom ettirdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2026 yil iyul oyida 1010 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 1,0 foizga oshgan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 27 foizga o‘sish kuzatilgan, Grafik №1).

Joriy yilning iyul oyida IFI komponentlari darajasidagi quyidagi o‘zgarishlar kuzatildi:

- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisob-varaqlaridagi operatsiyalar soni bo‘yicha komponent 3,4 foizga kamaygan;

- tovar-xom ashyo birjasida xom-ashyo sotib olish jadalligi 3,6 foizga oshgan;

- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,8 foizga ortgan;

- tovar belgilari bo‘yicha komponent 18,0 foizga oshgan;

Shuningdek, 2026 yil iyul oyida 12 ta hududda IFIning o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan (Grafik №2).

Jumladan, Jizzax (48,9 %), Qashqadaryo (44,3 %), Surxondaryo (43,5 %), Andijon (43,2 %) va Sirdaryo viloyatlarida (41,8 %) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (Jadval №1, 2). Ushbu ko‘rsatkich Navoiy (4,0 %) va Xorazm (0,7 %) viloyatlarida kamaygan.

Hisobot davrida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 7660,8 ming tani tashkil etib, 2026 yilning iyun oyiga nisbatan 270,2 ming tranzaksiyaga (3,4%) kamaygan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 17,8 %).

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 10 ta hududda oshgan. Xususan, Sirdaryo (25,7 %), Jizzax (23,9 %), Surxondaryo (13,9 %) va Qashqadaryoda (13,0 %) yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan sezilarli oshgan.

Bu ko‘rsatkich, 4 ta hududda kamaygan (Toshkent sh. (5,3 %), Farg‘ona (3,4 %), Qoraqalpog‘iston (1,2 %) va Toshkent (0,9 %)

Mazkur kamayish, Markaziy bankning banklararo elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan to‘lov hujjatlarining umumiy soni kamayishi bilan izohlanadi. Bunda 2026 yilning iyun oyiga nisbatan memorial orderlar soni 6,8 foizga (yoki 178,6 mingtaga), to‘lov topshiriqnomalari 2,1 foiz (yoki 102,7 mingtaga) kamaygan. To‘lov talabnomalari 7,4 foiz (yoki 1,4 mingtaga) va inkassa topshiriqnomalari 2,5 foiz (yoki 9,8 mingtaga) oshgan.

Joriy yilning iyul oyida IFIning birja komponenti 1,0360birlikni tashkil etgan (o‘tgan oyga nisbatan 3,6 foizga ortgan). Bunda, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 14,4 foizga oshganligi va tuzilgan bitimlar soni 7,2 foizga kamayganligi kuzatildi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida asosiy 34 turdagi tovarlar savdosining umumiy qiymati 2026 yil iyul oyida 9 722 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 2,2 foizga oshgan.

Bunda, birja savdolardagi ushbu faollikda ikkilamchi alyuminiy savdosi hajmining o‘tgan oyga nisbatan 5,3 baravarga, bug‘doyli ozuqa 2,2 baravar, bitum va shisha 2,0 baravarga, azot-fosfor o‘g‘iti 69 foizga, armatura 40 foizga, ko‘mir 36 foiz va benzin yoqilg‘isining (AI 91, 92, 95) o‘rtacha 33 foizga ortishi asosiy omil hisoblanadi.

Hisobot davrida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari komponenti 1,0078 birlikni tashkil etib, oldingi oyga nisbatan 0,8foizga ortgan. Bunda:

- barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni oldingi oyga nisbatan 5 643 birlikka ortib, 535,9 mingtani tashkil etgan;

- yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 10 taga ortib, 4 659 tani tashkil etgan;

- kichik korxonalar soni 5,5 mingtaga ortib, 440,9 mingtaga yetgan. Shuningdek, fyermer xo‘jaliklari soni 86 taga ortib, 90,4 mingtani tashkil etgan.

2026 yilning iyul oyida savdo belgilari bo‘yicha komponent 1,1797 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 18,0 foizga oshgan. Mazkur davrda yuridik shaxslar tomonidan 558ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

Jadval №1

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1010

↓0,9659

↑1,0360

↑1,0078

↑1,1797

Jizzax viloyati

↑1489

↑1,2393

↑2,0000

↑1,0080

↑1,1250

Qashqadaryo viloyati

↑1443

↑1,1297

↑2,0000

↑1,0071

↓0,8571

Surxondaryo viloyati

↑1435

↑1,1386

↑2,0000

↑1,0062

↓0,5000

Andijon viloyati

↑1432

↑1,0350

↑2,0000

↑1,0140

↑1,5455

Sirdaryo viloyati

↑1418

↑1,2569

↑1,6212

↑1,0230

↑3,5000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1414

↓0,9880

↑2,0000

↑1,0127

↑1,5000

Toshkent shahri

↑1388

↓0,9474

↑2,0000

↑1,0037

↑1,1801

Samarqand viloyati

↑1386

↑1,0835

↑1,8901

↑1,0077

↓0,9688

Buxoro viloyati

↑1286

↑1,1253

↑1,6157

↑1,0203

↓0,7222

Farg‘ona viloyati

↑1073

↓0,9656

↑1,1581

↑1,0139

↑1,6207

Toshkent viloyati

↑1052

↓0,9909

↑1,1429

↑1,0095

↓0,8679

Namangan viloyati

↑1023

↑1,0311

↓0,9396

↑1,0037

↑2,1818

Xorazm viloyati

↓993

↑1,1076

↓0,8854

↓0,9894

↑1,1000

Navoiy viloyati

↓960

↑1,0249

↓0,8653

↑1,0071

↑1,1111

Jadval №2

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1270

↑1,1783

↑1,4444

↑1,1116

↑1,1923

Sirdaryo viloyati

↑1600

↑1,0195

↑1,4519

↑1,1016

↑14,0000

Navoiy viloyati

↑1586

↑1,0795

↑1,6684

↑1,0960

↑10,0000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↑1522

↑1,0821

↑2,0000

↑1,1530

↑3,0000

Andijon viloyati

↑1508

↑1,2274

↑2,0000

↑1,0875

↑1,3077

Toshkent shahri

↑1499

↑1,2008

↑2,0000

↑1,1209

↑1,0732

Qashqadaryo viloyati

↑1492

↑1,2435

↑2,0000

↑1,0926

↓0,5455

Jizzax viloyati

↑1472

↑1,0394

↑2,0000

↑1,1573

↑1,8000

Xorazm viloyati

↑1464

↑1,0086

↑2,0000

↑1,1627

↑1,8333

Surxondaryo viloyati

↑1459

↑1,1174

↑2,0000

↑1,1830

↓0,2500

Buxoro viloyati

↑1447

↑1,1226

↑2,0000

↑1,0691

↓0,6190

Samarqand viloyati

↑1438

↑1,0196

↑2,0000

↑1,1487

↓0,9394

Farg‘ona viloyati

↑1420

↓0,9226

↑2,0000

↑1,1043

↑1,8077

Toshkent viloyati

↑1225

↑1,0225

↑1,4386

↑1,1298

↑1,4375

Namangan viloyati

↑1170

↑1,0702

↑1,2673

↑1,0934

↑1,6000

Ilyos Saparmatov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar