Infografika: 2022 yil yakunlari bo‘yicha Jizzax viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi

Infografika: 2022 yil yakunlari bo‘yicha Jizzax viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi

2022 yil yanvar-dekabr oylarida Jizzax viloyatida xizmatlar hajmi 7 984,0 mlrd. so‘mni tashkil etgan va 2021 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 15,7%ga oshgan.

2022 yil yanvar-dekabr oylarida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 28,5%ni tashkil etgan.

2022 yil yanvar-dekabr oylarida xizmatlar sohasi tarkibida eng katta ulush savdo (29,3%), moliyaviy (26,4%) va transport (14,6%) xizmatlariga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarni ta’lim xizmatlari (5,3%), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (5,1%) va boshqa xizmatlar (3,3%) egallagan.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2021 yilning shu davriga nisbatan 2022 yil yanvar-dekabr oylarida barcha xizmat turlarining dinamikasida o‘sish sur’atlari kuzatildi. Moliyaviy xizmatlar 34,6%, ijara xizmatlari 31,1%, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 25,0%, ta’lim xizmatlari 16,2%, savdo xizmatlari 10,2%, me’morchilik, muhandislik tadqiqotlari, texnik sinov va tahlillar bo‘yicha xizmatlar 9,8%, shaxsiy xizmatlar (sartarosh va go‘zallik saloni xizmatlari) 8,9%, turar joy va ovqatlanish xizmatlari 8,6%, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 6,4%, kompyuterlar, uy jihozlari, shaxsiy buyumlarni ta’mirlash xizmatlari 5,3%, boshqa xizmatlar 3,8%, transport xizmatlari 3,4% va sog‘liq 1,3%ga oshgan.

2022 yilning yanvar-dekabr oylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 41,7% Jizzax shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi eng katta ulushlar bo‘yicha keyingi o‘rinlar Sh.Rashidov (13,2%), G‘allaorol (8,3%) va Zomin (8,2%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga, hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmida Yangiobod (1,0%), Zafarobod (1,8%) va Arnasoy (1,9%) tumanlarining o‘rni juda kam.

2022 yilning yanvar-dekabr oylarida xizmatlar sohasida eng yuqori o‘sish sur’atlari Do‘stlik tumani (120,3%), Jizzax shahri (118,9%) va Paxtakor (115,7%) tumanida kuzatilgan.

Elyor Pulatov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi,
Jizzax filiali yetakchi ilmiy xodimi
Tel: +99897-524-58-46

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar