Buxoro viloyatining 2022 yil III chorak makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili

Buxoro viloyatining 2022 yil III chorak makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili

Ushbu davrda Buxoro viloyati YaHM hajmi 32,6 trln. so‘mni tashkil etgan holda o‘tgan yilgi mos davrga nisbatan 4,8%ga o‘sgan, shuningdek, YaIM tarkibida viloyatning hissasi 5,2%ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 16 386 ming so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davrga nisbatan 3,2%ga oshgan.

Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 95,4%ini tashkil etgan bo‘lsa, mahsulotlarga sof soliqlar esa 4,6%ini tashkil etgan.

YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi qurilishni qo‘shgan holda 26,5% (2021 yilda 24,2%), qishloq xo‘jaligi ulushi 43,1% (2021 yilda 45,9%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 30,4% (2021 yilda 29,9%) ni tashkil etgan.

Respublika makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini shakllanishida viloyatning hissasi ahamiyatli hisoblanadi. YaIMda viloyatning hissasi 5,2%ni tashkil etib, huddudlar ichida 8-o‘rinda bo‘lsada, asosiy kapitalga investitsiyalar kiritishda 8,3%ni tashkil etib 3-o‘rin, qurilish ishlari bo‘yicha 6,5%ni tashkil etib 5-o‘rinni va qishloq xo‘jaligi sohasida 9,3%ni tashkil etib, 6-o‘rinni egallagan.

Viloyat aholi jon boshiga asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblaganda respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqori. Jumladan, aholi jon boshiga YaHM hajmi bo‘yicha hududlar ichida 4-o‘rin, asosiy kapitalga investitsiyalar kiritish sohasida 4-o‘rin, qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha 3-o‘rin, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari va chakana savda aylanmasi sohasida 4-o‘rindaligi ahamiyatlidir.

Murtazayev Ardasher
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar