AQSh Savdo vakili ofisi O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga yordam beradi

AQSh Savdo vakili ofisi O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga yordam beradi

AQSh Savdo vakili ofisi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilot (JST)ga a’zo bo‘lish yordam beradi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

AQSh savdo vakilining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi K.Uilson bilan videokonferensiya o‘tkazilib, O‘zbekistonning JST a’zo bo‘lish doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

“Amerika tomoni koronavirus pandemiyasi davri va shu bilan bog‘liq joriy yilning aprel oyi oxirigacha Jenevadagi JST shtab-kvartirasidagi tadbirlarning bekor qilinishi O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi bo‘yicha Ishchi guruhining 4-yig‘ilishiga va unga a’zo mamlakatlar bilan bo‘ladigan muzokaralarga yanada puxta va sifatli tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatidan O‘zbekiston tomoni foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida fikr bildirdi”, deyilgan xabarda.

Shuningdek, tomonlar kun tartibini yanada jadal va tezkor ishlab chiqishga imkon beradigan respublikaning JSTga a’zo bo‘lish jarayonida barcha tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida, shu kabi videokonferensiyalarni muntazam ravishda o‘tkazish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar