Birjada paxta yog‘i, shakar va polietilen narxi pasaydi

Birjada paxta yog‘i, shakar va polietilen narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 3 yanvar – 9 yanvar kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 447,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 22,1% ga kamdir, deb xabar bermoqda

Bunda sotuvlarning:

  • 94,7% - birja savdolari;
  • 0,1% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari;
  • 4,7% - elektron davlat xaridlari;
  • 0,5% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 428,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 5,0 mlrd. so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 014 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,0 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning:

  • 7,1% birinchi toifadagi avtoraqamlarga;
  • 11,0% ikkinchi;
  • 9,6% uchinchi;
  • 13,5% to‘rtinchi; 20,1% beshinchi;
  • 38,7% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 371,7 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolarida 1 309,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 53 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 327,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 16 442,9 ming so‘mdan 15 350,4 ming so‘mgacha, ya’ni 6,6% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Shakar

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 10 499,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 10 397,0 tonnasi, ya’ni 99,0% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 48 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 8 202,1 ming so‘mdan 8 007,8 ming so‘mgacha, ya’ni 2,4%ga pasaygan.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning TS-2 – kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 8 194,7 ming so‘mni tashkil etdi.

Polietilen

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 2 825,0 tonna polietilen qo‘yildi va ulardan barcha hajmi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 706,0 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 16 111,2 ming so‘mdan 15 980,4 ming so‘mgacha, ya’ni 0,8% ga pasaydi.

O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 67 xaridor ishtirok etdi.

Barcha tovarlar uchun haftalik kotirovkalar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar