Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 26 568,5 mlrd. so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 26 300,6 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 123,1 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 144,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Viloyat qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan 103,7%ga o‘sib, respublika ko‘rsatkichi tarkibida Buxoro viloyatining ulushi 9,1%ni tashqil qildi.
Hisobot davrida viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Kogon shahar (141,5%), Qorovulbozor tumani (108,3%), Jondor tumani (106,0%), Olot tumani (105,3%), Vobkent tumani (105,1%), Romitan tumani (105,1%), Peshku tumani (105,0%), Kogon (104,4%) tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, Qorako‘l (102,2%), Buxoro (101,4%), G‘ijduvon (101,1%), va Shofirkon (100,5%) tumanlarida, aksincha, o‘sish sur’atlari pastligi qayd etilgan.
Shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Jondor (3 388,0 mlrd. so‘m) va Buxoro tumanlarida (3 119,0 mlrd.so‘m) qay etildi. Aksincha eng kam hajmga ega hududlarga Kogon shahri (78,0 mlrd. so‘m), Buxoro shahri (309,0 mlrd. so‘m) va Qorovulbozor (778,0 mlrd.so‘m) tumalarini keltirib o‘tish mumkin.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmi 13 137,9 ming so‘mni tashkil etdi.
Hisobot davrida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 26 114,1 mdrd. so‘mni (yoki o‘tgan 2022 yilning mos davriga nisbatan 103,7%ga o‘sishni) shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 12 468,0 mlrd. so‘m va chorvachilik mahsulotlari - 13 646,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 52,3% chorvachilik, 47,7% dehqonchilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hisobot davrida dehqonchilikda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 532,6 ming tonna donli ekinlar, 675,5 ming tonna sabzavotlar, 236,1 ming tonna kartoshka, 125,5 ming tonna poliz, 233,6 ming tonna meva va rezavorlar, 175,2 ming tonna uzum, shuningdek, chorvachilikda tirik vaznda 183,1 ming tonna go‘sht, 698,7 ming tonna sut, 202,2 mln. dona tuxum va 4 385,9 tonna baliqchilik ovlandi.
Izoh qoldirish