Buxoro viloyati sanoat sohasining 2023 yil yanvar-sentyabr bo‘yicha tahliliy ma’lumot

Buxoro viloyati sanoat sohasining 2023 yil  yanvar-sentyabr bo‘yicha tahliliy ma’lumot

2023 yil yanvar-sentyabr oylarida jami 22,1 trln.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, 106,0%ga o‘sgan hamda respublikadagi ulushi 5% tashkil etgan.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida 10 944,3 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,2%ga o‘sgan. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishining aholi jon boshiga yuqori ko‘rsatkichlari Qorovulbozor t. (574,0 mln. so‘m), Kogon t. (15,3 mln. so‘m) hamda Kogon sh. (11,3 mln. so‘m) o‘rtacha viloyat ko‘rsatkichidan (10,9 mln. so‘m) yuqoriligini ko‘rsatgan.

2023 yil yanvar-sentyabr oylarida viloyatda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilishida yuqori ulush G‘ijduvon (21%), Qorako‘l (16,5%), Romitan (16,3%), Buxoro sh. (12,8%) hamda Kogon (6,8%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

2023 yil yanvar-sentyabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 20 868,2 mlrd. so‘m yoki jami sanoat mahsulotlarining 94,3%ni tashkil etgan.

Jami sanoat tarkibida koks va neftni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasining ulushi – 48,6%, to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasining ulushi – 20,9%, oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi – 14,9%, boshqa nometall mineral mahsulotlarni ishlab chiqarishning ulushi – 4,8% va kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi – 2,2% tashkil etgan.

Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan iste’mol mahsulotlari 792,1 ming so‘m, shahar va tumanlar kesimida yuqori ko‘rsatkichlar Qorovulbozor tumanida – 14 035,2 ming so‘mni, Kogon tumanida – 4 943,1 ming so‘mni, Buxoro shahrida – 3 442,6 ming so‘mni tashkil etgan.

2023 yil yanvar-sentyabr oylari davomida kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 7 055,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 31,9 % ni tashkil etgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Ardasher Murtazayev

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar