Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 18 718,0 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilga nisbatan 106,6% ni tashkil etdi. Moliyalashtirishning manbalari bo‘yicha tahlil qilinganda, joriy davrda o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning katta qismi – 9 331,9 mlrd. so‘m yoki 49,8% xorijiy investitsiyalari va kreditlari, 6 810,2 mlrd. so‘m, yoki 36,4% korxonalar va aholining o‘z mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.
2023 yil yanvar-sentyabr oylarida jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan – 2 361,4 mlrd. so‘m, jami investitsiyalardagi ulushi 12,6% ni, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan esa 16 356,6 mlrd. so‘m, jami investitsiyalardagi ulushi 87,4% ni tashkil qilgan.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning texnologik tarkibida qurilish-montaj ishlari bo‘yicha 9 565,3 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 51,4% ni tashkil etdi, mashina, uskunalar va jihozlarni xarid qilishga 7 470,3 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 39,9% i) va boshqa xarajatlarga 1 682,4 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 9,0%) investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar Buxoro sh. 4 405,8 mlrd. so‘m, o‘sish sur’ati 97,3% ni, Romitan t. 3 098,6 mlrd. so‘m, o‘sish sur’ati 82,9% ni, G‘ijduvon t. 2 131,7 mlrd. so‘mlik asosiy kapitalga investitsiyalar kiritilgan o‘sish sur’ati o‘tgan yilni mos davriga nisbatan 3.1 barobar ko‘paygan..
Tumanlar kesimida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning aholi jonboshiga taqsimotida eng yuqori ko‘rsatkichni Qorovulbozor tumani egalladi. Ushbu hududda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar aholi jon boshiga 72 618,2 ming so‘mni, o‘sish sur’ati 141,3% ni tashkil qildi. Keyingi o‘rinni Romitan tumani hududida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar aholi jon boshiga 20 671,1 ming so‘mni, o‘sish sur’ati 81,4% ni tashkil qildi. Uchinchi o‘rinda Kogon tumani hududida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar aholi jon boshiga 16 549,1 ming so‘mni, o‘sish sur’ati 44,0% ni tashkil qilgan.
Murtazayev Ardasher
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish