2022 yil yakunlariga ko‘ra Buxoro viloyat YaHM hajmi 45,8 trln. so‘mni tashkil etgan holda o‘tgan yilgi mos davrga nisbatan 4,4%ga o‘sgan, shuningdek, YaIM tarkibida viloyatning hissasi 5,2%ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 22 975,6 ming so‘mni tashkil qilgan (o‘tgan mos davrga nisbatan 2,8% ga oshgan).
Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 95,6%ini tashkil etgan bo‘lsa, mahsulotlarga sof soliqlar esa 4,4%ini tashkil etgan.
YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi qurilishni qo‘shgan holda 26,2% (2021 yilda 25%), qishloq xo‘jaligi ulushi 44,7% (2021 yilda 45,5%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 29,1% (2021 yilda 29,5%) ni tashkil etgan.
Respublika makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini shakllanishida viloyatning hissasi ahamiyatli hisoblanadi. YaIMda viloyatning hissasi 5,2%ni tashkil etib, huddudlar ichida 8 o‘rinda bo‘lsada, asosiy kapitalga investitsiyalar kiritishda 8,3%ni tashkil etib 3-o‘rin, qurilish ishlari bo‘yicha 6,5%ni tashkil etib 5 o‘rinni va qishloq xo‘jaligi sohasida 9,3%ni tashkil etib 4 o‘rinni egallagan.
2022 yilda kichik tadbirkorlikning hajmi 32,4 trln. so‘mni tashkil etib(2021 yilda 28 trln.), YaHMdagi ulushi 74,1%ni tashkil qildi (2021 yilda 75,9%). Kichik tadbirkorlikning YaHMdagi ulushining o‘tgan yilga nisbatan pasayishi yirik korxonalar ulushining oshishi bilan bog‘liq.
Izoh qoldirish