2024 yilda O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi

2024 yilda O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi

2024 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal o‘sishda davom etdi. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda yalpi ichki mahsulot (YaIM) 6,5 foizga (2023 yilda 6,3 foizga) o‘sdi, bu Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining dekabr oyidagi prognoziga to‘liq mos keladi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda O‘zbekistonda narxlarning o‘rtacha o‘sishi kuzatildi. Shunday qilib, iste’mol narxlari indeksi 2024 yil yakuni bo‘yicha 9,8%ga (2023 yilda 8,8%ga) oshdi.

Investitsiya

Investitsiyalarni jalb qilishda sohasida ijobiy dinamika kuzatildi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 27,6%ga o‘sdi. Asosiy tushum markazlashtirilmagan investitsiyalar bo‘yicha 32,8%ga kuzatildi. Shu bilan birga, byudjet mablag‘lari hisobidan investitsiyalarning 10,7%ga kamayganini ta’kidlash joiz, bu xususiy investitsiyalarning roli oshganidan dalolat beradi.

2024 yilda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalarning umumiy hajmida markazlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 10,5%gacha (2023 yildagi 14,0%dan) kamaydi, markazlashtirilmagan investitsiyalar esa mos ravishda 89,5%gacha o‘sdi.

Iqtisodiyot tarmoqlari dinamikasi

Iqtisodiyotning neft-gaz qazib chiqarish va farmatsevtika sohasidan tashqari barcha asosiy tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmi ko‘paygan. Ishlab chiqarish sanoati, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohasi eng jadal rivojlandi. To‘qimachilik, elektrotexnika, metallurgiya, oziq-ovqat va avtomobilsozlik kabi sohalar o‘sishning asosiy drayverlari bo‘ldi.

Qishloq xo‘jaligi, garchi uning o‘sish sur’ati 3,0%gacha (2023 yilda 4,1%) sekinlashgan bo‘lsa-da, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlovchi muhim tarmoq bo‘lib qolmoqda.

Sanoat ishlab chiqarishi 6,8%gacha (2023 yilda – 6,3%) o‘sishi bilan yuqori dinamikani ko‘rsatdi.

Ushbu o‘sishning asosiy drayveri qayta ishlash sanoati bo‘lib, u ishlab chiqarish dinamikasi va sezilarli o‘sishini ko‘rsatdi, shu jumladan elektrotexnika 16,3% (2023 yilda +3,1%), to‘qimachilik – 10,7% (+7,9%), metallurgiya – 6,4% (+5,0%), oziq-ovqat – 3,2% (+6,8%), avtomobilsozlik – 8,8% (+16,8%), qurilish materiallari – 7,5% (+11,5%), kimyo – 3,4% (pasayish -3,3%), mebel – 25,2% (+0,2%) sanoati o‘sdi.

Farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarish hajmi 7,5%ga, charm-poyabzal sanoatida 0,6%ga pasayishi kuzatildi.

Elektr ta’minoti sohasida ishlab chiqarish hajmi 5,3%ga (2023 yilda 9,5%) o‘sdi.

Neft-gaz qazib chiqarish sanoatida ishlab chiqarish hajmi 1,4%ga (2023 yilda o‘sish 4,7%).

Suv ta’minoti, kanalizatsiya va chiqindilarni utilizatsiya qilish sohasida o‘sish 5,5%ni (2023 yilda 3,2%) tashkil etdi.

Qurilish sanoatida o‘sish sur’ati 8,8%ni (2023 yilda 7,0%) tashkil etdi

Xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga nisbatan tezroq o‘sish dinamikasini namoyish etdi. Ko‘rsatilayotgan bozor xizmatlari hajmi 12,9%ga oshdi.

Xizmat ko‘rsatish sohasining kichik tarmoqlari bo‘yicha eng katta hissani moliya sektori – 20,6%, turar joy va umumiy ovqatlanish xizmatlari – 10,6%, savdo – 11,8%, aloqa va axborotlashtirish sohasi – 25,8%ni tashkil etdi.

Chakana tovar aylanmasi 9,9% ga oshdi.

Transport xizmatlari hajmi 11,8%ga, shu jumladan avtotransport vositalari 8,4%ga oshdi.

Tashqi savdo

O‘tgan yilga nisbatan tashqi savdo hajmining o‘sish dinamikasi biroz pasaydi. 2024 yil yakuniga ko‘ra tashqi savdo aylanmasi 3,8%ga o‘sib, 66 mlrd dollarni tashkil etdi, eksport 8,4%ga, import 0,8%ga o‘sdi.

Mahsulot turlari bo‘yicha yoqilg‘i-moylash materiallari eksporti 39,8%, xizmatlar – 27,7%, kimyo mahsulotlari – 29,1%, oziq-ovqat mahsulotlari – 22,4%, sanoat mahsulotlari – 3,7% o‘sdi, mashina va transport uskunalari eksporti – 7,9%, turli tayyor mahsulotlar – 7,5%ga kamaydi.

Shu bilan birga, yoqilg‘i-moylash materiallari importi 50,1%, xizmatlar – 21,5%, oziq-ovqat mahsulotlari – 5,7%, nooziq-ovqat xom ashyosi – 6,3%ga oshdi, ammo mashina va transport uskunalari toifasida 9,7%, sanoat tovarlari – 4,2% va kimyoviy mahsulotlar – 3,6%ga kamaydi.

Umuman olganda, taqdim etilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, 2024 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror o‘sishni ko‘rsatdi, bu mamlakatda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarning natijasi va mamlakatning salmoqli iqtisodiy salohiyatidan dalolat beradi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar