Ushbu davrda Buxoro viloyati YaHM hajmi 10,2 trln. so‘mni tashkil etgan xolda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,9% ga o‘sgan, shuningdek YaIM tarkibida viloyatning hissasi 4,2% ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 4 970,9 ming so‘mni tashkil qilgan o‘tgan mos davrga nisbatan 5,1% ga oshgan.
Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 96,7%ini tashkil etgan bo‘lsa, maxsulotlarga sof soliqlar esa 3,3%ini tashkil etgan.
YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi 23,5% (2023 yilda 23,1%), qurilishning ulushi 8,7% (2023 yilda 8,8%), qishloq xo‘jaligi ulushi 24,8% (2023 yilda 26,8%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 43,0% (2023 yilda 41,3%)ni tashkil qilgan.
2024 yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik 6 118,6 mlrd. so‘m (2023 yilning yanvar-mart oylarida – 5 399,4 mlrd. so‘m)ni va YaHMdagi ulushi 62,2% (2023 yilning yanvar-mart oylarida – 65,7%)ni tashkil etgan. Kichik tadbirkorlikning YaHMdagi ulushining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasayishi yirik korxonalar ulushining oshishi bilan bog‘liq.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Murtazayev Ardasher
Izoh qoldirish